frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Qurbonlik qilmagan kimsa

22.05.2026   18259   1 min.
Qurbonlik qilmagan kimsa

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Imkoniyati bo‘la turib, qurbonlik qilmagan kimsa namozgohimizga yaqinlashmasin”, deganlar (Imom Ahmad, Ibn Moja rivoyati).

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Saxovatpesha yurtdoshlarimiz masjidlar kommunal to‘lovlarini qo‘llab-quvvatladi

07.08.2026   33766   1 min.
Saxovatpesha yurtdoshlarimiz masjidlar kommunal to‘lovlarini qo‘llab-quvvatladi

2026 yilning iyun–iyul oylari davomida yurtdoshlarimiz tomonidan DOMO mobil ilovasi orqali masjidlarning kommunal xarajatlarini qoplashga qaratilgan xayrli tashabbus faol qo‘llab-quvvatlandi.


Ushbu davr mobaynida 650 ta masjid uchun jami 254,7 million so‘m xayriya mablag‘lari yig‘ilib, po‘latday shaffoflik bilan to‘lovlarga yo‘naltirildi.


Sarflangan mablag‘lar taqsimoti:

  • 225,9 mln so‘m (88,7%) — elektr energiyasi to‘lovlariga;

  • 28,8 mln so‘m (11,3%) — tabiiy gaz xarajatlarini qoplashga.


Eng ko‘p xayriya qilingan hududlar:

  • Toshkent shahri — 103,6 mln so‘m;

  • Toshkent viloyati — 29,3 mln so‘m;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 27,4 mln so‘m;

  • Farg‘ona viloyati — 24,9 mln so‘m. 
     

Bu kabi xayrli ehsonlar masjidlarimizning uzluksiz faoliyatini ta’minlash va namozxonlar uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.


Barcha saxovatpesha hamyurtlarimizga samimiy minnatdorlik bildirib, qilinayotgan ezgu amallarga Haq taolodan baraka tilaydi.
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari