Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Rukn (qora tosh) va maqom (maqomi Ibrohim) jannat yoqutlaridan ikki yoqut (tosh) edi. Alloh u ikkisini nurini o‘chirdi. Agar u ikkisini nurini o‘chirmaganida, mashriq bilan mag‘rib o‘rtasini yoritar edi” deyayotganlarini” eshitdim” dedi (Imom Termiziy rivoyati).
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati