Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Sentabr, 2026   |   23 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:31
Quyosh
05:53
Peshin
12:22
Asr
16:56
Shom
18:54
Xufton
20:11
Bismillah
05 Sentabr, 2026, 23 Rabi`ul avval, 1448

Arafa kuni bajariladigan amallar

25.05.2026   22855   4 min.
Arafa kuni bajariladigan amallar

Arafot so‘zi lug‘atda – bilish, tanish ma’nolarini bildiradi.

Makka shahridan 20 km, Minodan 10 km, Muzdalifadan esa 6 km, Namira masjididan 1,5 km uzoqlikda joylashgan. Uzunligi 11-12 km va kengligi 6,5 km bo‘lgan vodiy. U qattiq katta toshlardan iborat. Janubiy tomonda 168 ta zinasi mavjud.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Odam Ato bilan Havvo onamiz jannatdan chiqarib yuborilganlaridan keyin bir-birlari bilan shu yerda uchrashganlar, deyiladi.

Boshqa bir rivoyatda Jabroil alayhissalom Ibrohim alayhissalomga ushbu makonda haj amallarini o‘rgatib: “Arofta?” (“O‘rgandingizmi?”) deganlarida, Ibrohim alayhissalom: “Ha”, deganlar. Shundan keyin Arafot deb nomlanib qolgan.

Arofat tepaligida bir baland joy borki, u yerni “jabalul rohma”, ya’ni “rahmat tog‘i” deyiladi. Arafa kuni hojilarga yog‘iladigan behisob rahmat va barakalar sababli “rahmat tog‘i” deb nomlanadi. Ushbu tog‘ Ilol, Nobit hamda Quriyn deb ham ataladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan 81 kun oldin, hijratning 10 yili Madinadan hajga kelib, arafa kuni shu tepalikka chiqqanlar va oq tuyalarini cho‘ktirib, uning ustida turib “Vidolashuv va’z”ini aytganlar. Bu joy uzoqdan ko‘rinib turishligi uchun ustun shaklida ko‘tarilib, oqqa bo‘yab qo‘yilgan.

Arafotda hajning asosiy arkoni ado etiladi. Arafa kuni bomdod namozi o‘qilgandan so‘ng Minodan Arafotga qarab yo‘lga tushiladi. Zilhijja oyining 9-kuni, ya’ni arafa kuni hojilar shu tepalikka chiqib, to quyosh botgunga qadar ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Arafotda ma’lum muddat turmagan kishining haji haj hisoblanmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Haj Arafotdir”, deganlar (Imom Termiziy va Nasoiy rivoyati).

Arafotga chiqishdan oldin g‘usl qilib olinsa yaxshi bo‘ladi.

Arafotga chiqishda va u yerda turganda doim takbir, tahlil, hamd va talbiya (“labbayka”) aytiladi. Arafotda duolar ijobat bo‘ladi. Shuning uchun hojilar ko‘proq duoda, zikrda, tilovatda, iltijoda, chin dildan tazarruda bo‘lishga intilishlari lozim.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duolarning yaxshisi – Arafot kungi duodir”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Arafotda quyidagi oyat nozil bo‘lgan: “Bugun Men sizlar uchun diningizni komil qildim, Men sizlarga ne’matimni to‘kis qilib berdim va sizlar uchun Islomni din qilib tanladim” (Moida surasi, 3-oyat).

Arafotda va Rahmat tog‘ida quyidagi duolarni o‘qish tavsiya etiladi:

“Subhanallohi va bihamdihi. Subhanallohil ’aziym”.

Laa ilaha illa anta. Subhanaka inni kuntu minaz-zolimiyn.

Laa havla va laa quvvata illa billahil ’aliyil ’aziym”.

Robbana atina fid-dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ’azaban-nar.

Allohumma aslih li diniyallaziy huva ’ismati amri va aslih li dunyayallati fiha ma’ashiy va aslih liy axirotiyallati fiha ma’adiy, vaj’alil hayata ziyadatalli min kulli xoyrin, vaja’lil mavta rohatalli min kulli sharrin.

A’uzu billahi min jahdil balai va darkish-shaqoi va su’il qazoi va shatamatil a’dai.

Arafotda peshin va asr namozlari bir azon va ikki iqomat bilan qo‘shib qasr qilib o‘qiladi. Hajning amiri xutba o‘qiydi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kuni, Alloh bandalarni do‘zaxdan ko‘p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo‘q!” (Imom Muslim rivoyati).

Boshqa hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Alloh huzurida Arafot kunidan yaxshiroq kun yo‘q. Alloh taolo dunyo osmoniga (farishtalarga maqtanib) yer ahli bilan faxrlanib aytadi: “Mening chang bosgan bandalarimga qarang! Mening rahmatimdan umidvor bo‘lib,  barcha joylardan keldilar. Vaholanki, ular mening azobimni ko‘rmaganlar. Alloh taolo biror kunda  Arafa kunidek bandani do‘zaxdan ozod qiladigan kun yo‘q, deydi”.

Alloh taolo hajingizni mabrur, sa’yingizni mashkur va gunohingizni mag‘fur qilsin!

 

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Diniy-ma’rifiy taraqqiyot va ma’naviy yuksalishning poydevori

05.09.2026   5663   10 min.
Diniy-ma’rifiy taraqqiyot va ma’naviy yuksalishning poydevori

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi - xalqimiz tarixidagi eng muhim va qadrli sanalardan biri. 1991 yilda O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida dunyoga tanilishi xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy qadriyatlarini tiklash va mamlakatni o‘z taraqqiyot yo‘lidan olib borish imkonini berdi. O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y berib, bugun Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida izchil islohotlar olib borilmoqda.


Mustaqillik yillarida milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklashga alohida e’tibor berildi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash, diniy ta’lim olish uchun shart-sharoitlar yaratish, diniy muassasalar faoliyatini rivojlantirish va jamiyatda diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda.


Bugun O‘zbekistonda islom dinining asl mohiyatini, uning ilm-ma’rifatga, insonparvarlikka, mehr-oqibat va tinchlikka da’vat etadigan ezgu ta’limotlarini o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Diniy ta’lim muassasalari faoliyati takomillashtirilib, diniy kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy bilimini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.


Yurtimizda islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mashhur allomalarning ilmiy merosini o‘rganish ham ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi buyuk allomalar asarlarini chuqur o‘rganish, ularning ilmiy merosini yosh avlodga yetkazish va xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. Bu ishlar xalqimizning milliy g‘ururini yuksaltirish bilan birga, yoshlarni ilm-fanga, ma’naviy kamolotga intilishga qiziqtiradi.


Diniy sohadagi islohotlarning yana bir muhim yo‘nalishi - diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlashdir. O‘zbekiston ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali davlat sifatida turli din vakillarining totuv va osoyishta hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda. O‘zaro hurmat, sabr-toqat va totuvlik - yurtimiz tinchligi va barqarorligining muhim kafolatlaridir.


Bugungi global axborot almashinuvi davrida yosh avlodni diniy radikalizm, ekstremizm va boshqa yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish masalasi ham dolzarb ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan mamlakatimizda "Jaholatga qarshi ma’rifat" tamoyili asosida keng ko‘lamli ma’rifiy ishlar olib borilmoqda. Yoshlarga diniy bilimlarni to‘g‘ri va ilmiy asosda o‘rgatish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va boshqa xalqlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish - bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.


Mustaqillikning 35 yilligi - bu bosib o‘tgan yo‘limizga nazar tashlab, erishgan yutuqlarimizni baholab, kelajakka yangi maqsadlar bilan qadam tashlaydigan qutlug‘ sanadir. Mustaqilligimiz tufayli bugungi kunga kelib yurtimizda 2160 dan ziyod masjid, 14 ta islom ta’lim muassasasi (4 ta oliy va 10 ta o‘rta maxsus) va 5 ta ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonning 18 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolari uchun Qur’oni karimni sifatli o‘qishni o‘rgatadigan o‘ttizta o‘quv kurslari ochildi. Ushbu kurslarda 100 mingdan ziyod fuqarolarimiz ta’lim olmoqda. Yana bu yil ochilgan Toshkentdagi "Islom sivilizatsiyasi markazi," Samarqanddagi "Imom Buxoriy majmuasi" nafaqat O‘zbekiston musulmonlari, balki butun ummat uchun katta ne’mat bo‘ldi. Joriy yil 2026 yil Ramazon oyida xayriya tadbirlarini o‘tkazish uchun 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Buning sababidan necha ming xonadonga quvonch kirib bordi. Yana "Muborak Qurbon hayiti" munosabati bilan xayriya tadbirlarini o‘tkazish uchun yana qaror chiqarilib, 700 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi.


Diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan bunday islohotlar jamiyatning ma’naviy jihatdan rivojlanishiga, milliy va diniy qadriyatlarimizning saqlanishiga hamda yosh avlodning yetuk inson bo‘lib shakllanishiga samarali xizmat qilmoqda.


Mustaqillik - xalqimizga o‘z tili, tarixi, madaniyati, milliy va diniy qadriyatlarini erkin o‘rganish va rivojlantirish uchun berilgan buyuk imkoniyat. Shu bois mustaqillikni qadrlash, yurtimizdagi tinchlik va asrash, islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va Vatan taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shish - barchamizning umumiy burchimizdir.


Mustaqilligimizning 35 yilligi xalqimizga yangi zafarlar, tinchlik, farovonlik va ma’naviy yuksalish olib kelsin! Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, xalqimiz birligi va yurtimizdagi tinchlik abadiy davom etsin!


Barchangizga O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqillik bayrami bilan tabriklaymiz!

Bahromiddin Razov,

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi


"Erkin Qoraqalpog‘iston" gazetasi 2026 yil 90-sonidan olingan

***

G‘ӘRЕZSIZLIK – DINIY-MӘRIPIY RAO‘AJLANЫO‘ HӘM MӘNAO‘IY JЕTILISIO‘DIҢ PUNDAMЕNTI

     Өzbekstan Respublikasi mәmleketlik g‘әrezsizliginiң 35 jillig‘i – xalqimizdiң tariyxindag‘i yeң әhmiyetli hәm qәdirli sәne­lerdiң biri. 1991-jili Өzbekstanniң g‘әrezsiz mәmleket bolip dүnyag‘a tanilio‘i xalqimizg‘a өz tag‘dirin өzi belgileo‘, milliy qәdiriyatlarin qayta tikleo‘ hәm mәmleketti өz rao‘ajlanio‘ joli menen alip bario‘ imkaniyatin berdi. Өtken jillar dao‘aminda mәmleketimizde keң kөlemli өzgerisler jүzege asip, bүgin Jaңa Өzbekstandi qurio‘ jolinda izbe-iz reformalar alip barilip atir.

    
G‘әrezsizlik jillarinda milliy hәm diniy qәdiriyatlarimizdi qayta tikleo‘ge ayriqsha itibar berildi. Әsirese, soңg‘i jillarda diniy-mәripiy tarao‘dag‘i reformalar jaңa basqishqa kөterildi. Puqaralardiң hүjdan yerkinligin tәmiyinleo‘, diniy bilim alio‘ ushin shәrayatlar jaratio‘, diniy mәkemelerdiң xizmetin rao‘ajlandirio‘ hәm jәmiyette diniy keңpeyillikti bekkemleo‘ boyinsha әhmiyetli jumislar әmelge asirilip atir.


     Bүgin Өzbekstanda islam dininiң haqiyqiy mәnisin, oniң ilim-bilimge, adamgershilikke, mehir-aqibetke hәm tinishliqqa shaqiratug‘in iygi tәlimatlarin үyrenio‘ge үlken әhmiyet berilip atir. Diniy bilim berio‘ mәkemeleriniң xizmeti jetilistirilip, diniy kadrlardi tayarlao‘ hәm olardiң kәsiplik bilimin arttirio‘ ushin jaңa imkaniyatlar jaratilip atir.


     Yelimizde islam dininiң rao‘ajlanio‘ina үlken үles qosqan ataqli alimlardiң ilimiy miyrasin үyrenio‘ de basli bag‘darlardiң birine aylandi. Imam Buxariy, Imam Termiziy, Imam Maturidiy, Burhaniddin Marg‘inaniy siyaqli ulli alimlardiң shig‘armalarin tereң үyrenio‘, olardiң ilimiy miyrasin jas әo‘ladqa jetkerio‘ hәm xaliq araliq dәrejede keңnen tanitio‘ boyinsha kөplegen ilajlar әmelge asirilip atir. Bul jumislar xalqimizdiң milliy maqtanishin arttirio‘ menen birge, jaslardi ilim-bilimge hәm mәnao‘iy kәmilikke umtilio‘g‘a qiziqtiradi.


     Diniy tarao‘dag‘i reformalardiң jәne bir әhmiyetli bag‘dari – diniy keңpeyillik hәm konfessiyalar araliq tatio‘liqti tәmiyinleo‘ bolip tabiladi. Өzbekstan kөp milletli hәm kөp konfessiyali mәmleket sipatinda tүrli din o‘әkilleriniң tatio‘ hәm tinish turmis keshirio‘i ushin zәrүrli sharayatlardi jaratip atir. Өz-ara hүrmet, sabirliliq hәm tatio‘liq – yeli­mizdiң tinishlig‘i hәm turaqlilig‘iniң әhmiyetli kepillikleri bolip tabiladi.


     Bүgingi global xabar almasio‘ dәo‘irinde jas әo‘ladti diniy radikalizm, ekstremizm hәm basqa da jat ideyalardiң tәsirinen qorg‘ao‘ mәselesi de ayriqsha әhmiyetke iye. Usig‘an baylanisli mәmleketimizde «Jәhәlatqa qarsi mәrifat» prinsipi tiykarinda keң kөlemli ag‘artio‘shiliq jumislari alip barilip atir. Jaslarg‘a diniy bilimlerdi duris hәm ilimiy tiykarda үyretio‘, olarda milliy qәdiriyatlarg‘a hүrmet, O‘atang‘a sүyispenshilik hәm basqa xaliqlarg‘a hүrmet sezimlerin qәliplestirio‘ – bүgingi kүnniң әhmiyetli o‘aziypalarinan biri.


     G‘әrezsizliktiң 35 jillig‘i – bul өtken jolimizg‘a kөz juo‘irtip, jetiskenliklerimizdi bahalap, keleshekke jaңa maqsetler menen qәdem taslaytug‘in qutli sәne bolip tabiladi. G‘әrezsizligimiz sebepli bүgingi kүnge kelip yelimizde 2160tan aslam meshit, 14 islam tәlim orinlari (4 joqari hәm 10 orta arnao‘li) hәm 5 ilimiy-izzertleo‘ oraylari jumis alip barip atir. Jәne Өzbekstanniң 18 jastan joqari bolg‘an puqaralari ushin Qurani kәriymdi sapali oqio‘di үyretetug‘in otiz oqio‘ kurslari ashildi. Bul kurslarda 100 miңnan aslam puqaralarimiz tәlim alip atir. Jәne biyil ashilg‘an Tashkenttegi «Islam sivilizatsiya orayi», Samarqanddag‘i «Imam Buxariy kompleksi» tek g‘ana Өzbekstan musilmanlari ushin yemes, pүtkil үmmet ushin үlken ne’mat boldi. Biyilg‘i 2026-jilg‘i Ramazan ayinda qayirxomliq ilajlarin өtkerio‘ ushin 1 trillion artiq qarji ajiratildi. Buniң sebebinen neshshe miң shaңaraqqa quo‘anish kirip bardi. Jәne «Mүbәrek Qurban hayiti» mүnәsibeti menen qayirxomliq ilәjlarin өtkerio‘ ushin jәne qarar shig‘arildi hәm 700 milliard so‘mg‘a jaqin qarji ajiratildi.


     Diniy-mәripiy tarao‘da әmelge asirilip atirg‘an bunday reformalar jәmiyettiң mәnao‘iy tәrepten rao‘ajlanio‘ina, milliy hәm diniy qәdiriyatlarimizdiң saqlanio‘ina hәm jas әo‘ladtiң jetik insan bolip qәliplesio‘ine nәtiyjeli xizmet yetip atir.


     G‘әrezsizlik — xalqimizg‘a өz tilin, tariyxin, mәdeniyatin, milliy hәm diniy qәdiriyatlarin yerkin үyrenio‘ hәm rao‘ajlandirio‘ ushin berilgen ulli mүmkinshilik. Sol sebepli g‘әrezsizlikti qәdirleo‘, yelimizdegi tinishliq hәm tatio‘liqti saqlao‘, reformalardi qollap-quo‘atlao‘ hәm O‘atan rao‘ajlanio‘ina өz үlesimizdi qosio‘ — bәrshemizdiң birgeliktegi o‘aziypamiz.


     G‘әrezsizligimizdiң 35 jillig‘i xalqimizg‘a jaңa jeңisler, tinishliq, pәrao‘anliq hәm mәnao‘iy ilgerileo‘ alip kelsin! Jaңa Өzbekstanniң rao‘ajlanio‘i, xalqimizdiң birligi hәm yeli­mizdegi tinishliq mәңgi dao‘am yetsin!


Bәrshege Өzbekstan Respublikasi Mәmleketlik G‘әrezsizlik bayrami menen qutli-mүbәrek bolg‘ay…

 

Baxramaddin Razov, Qaraqalpaqstan musilmanlari qaziyati qazisi

 

Maqolalar