- "Va mening zurriyotlarimni ham solihlardan qil" (Ahqof surasi, 15-oyat).
- "...va albatta, men Sendan unga va uning zurriyotiga quvilgan shaytondan panoh tilayman" (Oli Imron surasi, 36-oyat).
- "Robbimiz, O‘zing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan ko‘z quvonchi hadya et..." (Furqon surasi, 74-oyat).
- "Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etadiganlardan qilgin" (Ibrohim surasi, 40-oyat).
- "Robbimiz, ikkimizni O‘zingga musulmon bo‘lganlardan qil va zurriyotimizdan ham O‘zingga musulmon ummat qil..." (Baqara surasi, 128-oyat).
- "Robbim, menga O‘z huzuringdan pokiza zurriyot hadya et" (Oli Imron surasi, 38-oyat).
- "...va meni hamda bolalarimni sanamlarga ibodat qilishimizdan yiroq qilgin" (Ibrohim surasi, 35-oyat).
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati