Ibn Kasir rahimahulloh aytadilar: "Farzandlarning ustiga yog‘iladigan baraka ota-onalarning (solih) amallari sababidan bo‘ladi. Ota-onalarning ustiga yog‘iladigan baraka esa farzandlarning duolari sababidan bo‘ladi" ("Al-Bidoya van-nihoya" kitobidan).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z huzurlarida Aqra’ ibn Hobis Taymiy o‘tirganida Hasan ibn Alini o‘pdilar. Shunda Aqra’:
"Mening o‘nta bolam bor. Ulardan birortasini o‘pganim yo‘q", dedi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga nazar soldilar-da, so‘ng:
"Rahm qilmaganga rahm qilinmas", dedilar (Imom Buxoriy, imom Abu Dovud, imom Termiziy rivoyati).