Hasan ibn Abu Sinan rahimahulloh oltmish yil davomida yotgan holatda uxlamagan ekanlar, yog‘li taomlar iste’mol qilmagan hamda sovuq suv ichmagan ekanlar. Vafot etganlaridan so‘ng u zot bir kishining tushiga kirdilar va u kishi: “Alloh taolo sizni qanday qabul qildi?” — deb so‘radi.
Hasan ibn Abu Sinan rahimahulloh: “Alloh taolo meni juda yaxshi qabul qildi, ammo hayotimda bir kishidan igna qarzga olib, qaytarib bermagan edim. Shu sabab jannatga kira olmayapman”, degan javobni berdilar.
“Ruhul-bayon” tafsiri, 2-jild, 171-sahifa
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bu kasallik inson tanasi harakatlarini me’yordan chiqaruvchi og‘ir bedavo dard hisoblanadi. Qur’on tilovati bu kasallikka davo bo‘lishi mumkin.
Saraton va sehrga muolaja tarzida Qur’oni karimda Muso alayhissalom tillarida aytilgan Yunus surasi 81-82 oyatlarini kamida 7 marta takrorlab turish lozim.
﴿إِنَّ اللَّهَ سَيُبْطِلُهُ إِنَّ اللَّهَ لَا يُصْلِحُ عَمَلَ الْمُفْسِدِينَ﴾
"Alloh, albatta, uni botil (barbod) qilur. Zero, Alloh buzg‘unchilarning ishini isloh etmagay"
﴿وَيُحِقُّ اللَّهُ الْحَقَّ بِكَلِمَاتِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْمُجْرِمُونَ﴾
"Garchi jinoyatchilar yoqtirmasalar-da, Alloh o‘z so‘zlari (amrlari) bilan haqiqatni ro‘yobga chiqarur"
Shuningdek, ko‘proq Baqara surasini hammasini o‘qish yoki eshitish Yosin, Tur, Rum suralarini o‘qishni tavsiya etiladi.
"Islomda salomatlik" kitobidan
Muhammad Zarif Muhammad Olim o‘g‘li