Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Allohummaj’al fiy basoriy nuron" (Yo Allohim, ko‘zimda nur qil) deb duo qilardilar (Imom Muslim rivoyati).
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
10 avgust kuni, Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida ezgulik va saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tadbir o‘tkazildi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Urganch shahrida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlaridan 35 nafariga yangi o‘quv yili oldidan maktab kiyimlari, sumkalar va zarur o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.