Balo-musibatlarga mehmondo‘stlikni quyuq qiling, zero, ular o‘tkinchidir. Parvardigorning karami keng: Mo‘min bandasining oyog‘iga kirgan birgina zirapcha sababli Alloh taolo uning gunohlarini o‘chiradi. Ibn Javziy rahimahulloh aytadilar: "Balolar mehmondir bas, mehmondorchilikni quyuq qiling, toki ular mukofot diyoriga sizdan rozi bo‘lib ketsinlar. Balolar bo‘lmaganida qiyomatga quruq qo‘l bilan borgan bo‘lar edik. Agar senga g‘ayb pardasi ko‘tarilsa edi, mahzun bo‘lgan kunlaringni yaxshi ko‘rib qolarding. Agar balolarga sabr qilgan kishiga botmon-botmon savob berilayotganini ko‘rganingda, qalbing orom olib, qalbingni tirnagan alamlardan lazzatlangan bo‘lar eding".
Al-Azhar shayxi Shayx Ahmad Toyyib
Homidjon qori ISHMATBЕKOV tarjimasi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Shayx Nuriddin Xoliqnazar tashabbuslari bilan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati va qoziyotga qarashli barcha masjid imom-xatiblari tomonidan nuroniy keksalar, mehnat faxriylari hamda yordamga muhtoj oilalarning holidan xabar olindi. Tadbir doirasida muhtoj oilalarning turmushini yengillashtirish maqsadida bir oilaga zamonaviy quyosh paneli o‘rnatib berilib, qo‘shimcha bayram sovg‘alari topshirildi. Bunday xayriya tashabbuslari jamiyatda o‘zaro ahillik, mehr-oqibat va inson qadrini ulug‘lash muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti