Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2026   |   1 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
16 Iyun, 2026, 1 Muharram, 1448
Yangiliklar

Navoiy imomlarining sayyor seminari Karmanada o‘tkazildi

08.06.2026   6502   1 min.
Navoiy imomlarining sayyor seminari Karmanada o‘tkazildi

Tadbir doirasida Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurxon domla Atoyev tumandagi «Qosim Shayx» jome masjidida diniy soha xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda hududda faoliyat olib borayotgan otinoyilarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi muhokama qilindi hamda galdagi muhim vazifalar belgilab olindi.


Sayyor seminar doirasida viloyat otinoyilari o‘zlariga biriktirilgan mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan va ko‘makka ehtiyojmand oilalar xonadonlariga kirdi. Suhbatlar davomida fuqarolarning ko‘ngli ko‘tarilib, diniy-ma’rifiy mavzularda nasihatlar qilindi va yurt tinchligi, xonadonlar osoyishtaligini so‘rab duolar qilindi.


Xayriya tadbiri davomida otinoyilar tomonidan jami 10 ta xonadon egalariga ma’naviy qo‘llab-quvvatlov bilan bir qatorda, zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat moddiy ehsonlar ham topshirildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Navoiy imomlarining sayyor seminari Karmanada o‘tkazildi Navoiy imomlarining sayyor seminari Karmanada o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Giyohvandlik — bir lahzalik zavq, umrboqiy zarar

15.06.2026   3643   1 min.
Giyohvandlik — bir lahzalik zavq, umrboqiy zarar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: "O‘zingizni halokatga duchor qilmang".

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va har qanday xamr haromdir", deganlar.

Bu hadis bilan ham giyohvandlikning har qanday ko‘rinishi harom hisoblanadi.

Shunga ko‘ra mast qiluvchi ichimliklarning hukmi, zararlari, oqibatlari haqidagi barcha oyat va hadislar ham giyohvand moddalarga tegishlidir.

Giyohvandlik oxiri o‘limga olib keladi. Bu narsalarni iste’mol qilish bilan o‘z joniga o‘zi qasd qilgan bo‘ladi. Bu esa gunohi kabiradir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim o‘zini biror narsa bilan o‘ldirsa, qiyomatda o‘sha narsa bilan azoblanadi".