Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Iyun, 2026   |   23 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:37
Shom
20:00
Xufton
21:36
Bismillah
10 Iyun, 2026, 23 Zulhijja, 1447
Yangiliklar

Ikki diniy muassasa memorandum imzoladi

09.06.2026   3118   1 min.
Ikki diniy muassasa memorandum imzoladi

Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi hamda “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.


Mazkur hujjat yurtimizda islomshunoslik, hadisshunoslik va manbashunoslik sohalaridagi tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, boy milliy-ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlar va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash maqsadida tuzildi.


Hamkorlik doirasida birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etish, tarixiy manbalar va qo‘lyozmalarni o‘rganib, ularni ilmiy tavsiflash hamda keng targ‘ib qilish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, tadqiqotchilar va talabalar uchun o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amaga oshirish orqali milliy merosimizni xalqaro miqiyosda keng namoyish etishga alohida e’tibor qaratiladi.


Ushbu kelishuv ilm-fan va ma’rifat yo‘lidagi izchil hamkorlikni yanada mustahkamlash, boy ilmiy-ma’naviy xazinamizni asrab-avaylash hamda uni xalqimizga tizimli yetkazish borasida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ikki diniy muassasa memorandum imzoladi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namanganlik hojilarning dastlabki guruhlari Vatanga qaytib keldi

09.06.2026   1471   1 min.
Namanganlik hojilarning dastlabki guruhlari Vatanga qaytib keldi

Muborak Haj amallarini to‘la-to‘kis ado etgan o‘zbekistonlik ziyoratchilarni Vatanimizga olib kelish jarayonlari boshlandi. Xususan, Namangan xalqaro aeroportida Saudiya Arabistonidan qaytgan hojilarning dastlabki guruhlari tantanali ravishda kutib olindi. 
 

"Jidda – Namangan" yo‘nalishi bo‘yicha "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining zamonaviy havo laynerlarida Namangan viloyatining Chortoq, Pop, Norin va To‘raqo‘rg‘on tumanlaridan bo‘lgan jami 490 nafar hoji eson-omon ona diyorimizga yetib keldi.


Muborak zaminda Haq taoloning ulug‘ farzini chiroyli ado etib, sog‘-salomat o‘z yurtiga qaytgan ziyoratchilar yaqinlari diydoriga yetishganlari uchun cheksiz shukronalar aytishmoqda. Hojilar safar davomida ko‘rsatilgan yuksak darajadagi tashkilotchilik va yaratilgan qulay sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirib, yurtimiz tinchligi, el-yurt farovonligi haqqiga xayrli duolar qilishdi.


Namangan viloyatiga haj ziyoratchilarini olib keluvchi navbatdagi reyslar izchil davom etmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Namanganlik hojilarning dastlabki guruhlari Vatanga qaytib keldi Namanganlik hojilarning dastlabki guruhlari Vatanga qaytib keldi Namanganlik hojilarning dastlabki guruhlari Vatanga qaytib keldi Namanganlik hojilarning dastlabki guruhlari Vatanga qaytib keldi Namanganlik hojilarning dastlabki guruhlari Vatanga qaytib keldi Namanganlik hojilarning dastlabki guruhlari Vatanga qaytib keldi Namanganlik hojilarning dastlabki guruhlari Vatanga qaytib keldi Namanganlik hojilarning dastlabki guruhlari Vatanga qaytib keldi Namanganlik hojilarning dastlabki guruhlari Vatanga qaytib keldi
O'zbekiston yangiliklari