frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA

09.06.2026   14234   1 min.
MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA

Haj amallarini nihoyasiga yetkazib, birin-ketin ona Vatanga qaytish tadorigini ko‘rayotgan Makka shahridagi yurtdoshlarimiz uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari, Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari, taniqli imom-xatiblar va ellikboshilar tomonidan har kuni ma’rifiy suhbatlar tashkil etilmoqda.

Ushbu uchrashuvlarda ziyoratchilarga hojilikning mazmun-mohiyati, ushbu ulug‘ maqomning fazilatlari hamda hojining odob-axloqi haqida atroflicha tushunchalar berilmoqda. Ayniqsa, hajdan keyin sharafli maqomga munosib hayot kechirish, taqvo, halollik va ezgu amallarni kundalik hayot mezoniga aylantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilyapti. Shuningdek, xalqimiz orasida uchrab turadigan ayrim noo‘rin urf-odatlar, xususan, ortiqcha isrofgarchilikka olib keluvchi «hoji to‘yi» kabi marosimlardan saqlanish lozimligi, hajning asl ruhi kamtarlik, shukronalik va xayr-saxovat ekanligi ta’kidlanmoqda.

Shu bilan birga, hojilarning jamiyatda ezgulik va ma’rifat targ‘ibotchilari bo‘lishlari, mahallalarda ahillik va totuvlikni mustahkamlash, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga hissa qo‘shish, sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish va yurt taraqqiyotiga xizmat qilish kabi muhim vazifalari xususida ham zarur tavsiyalar berib o‘tilyapti.

Ma’rifiy suhbatlar yakunida Qur’oni karim xatmlari baxshida qilinib, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi hamda Davlatimiz Rahbari haqqiga xayrli duolar qilinmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmat

MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Tarixiy anjumanga yakuniy tayyorgarliklar

20.08.2026   39564   1 min.
Tarixiy anjumanga yakuniy tayyorgarliklar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan ilk bor tashkil etilayotgan «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» mavzusidagi I ilmiy-amaliy anjuman boshlanishi arafasida.

Mazkur ilmiy-amaliy anjuman Islom sivilizatsiyasi markazining Katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ushbu zal anjumanni yuqori saviyada o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratilgan holda to‘liq shay holatga keltirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari