Yangiliklar
Yangi tayinlangan imomlar bilan ilmiy suhbat bo‘lib o‘tdi
21.07.2026
2242
1 min.
Bugun, 21 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida yaqinda lavozimga tayinlangan imom-xatib va imom noiblari uchun ilmiy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim boshliqlari Shayx Ali Fayzulloh Mahdum va Salohiddin Sherxonovlar ishtirok etdi. Unda Shayx Ali Fayzulloh Mahdum soha xodimlariga “Imomlik – sharafli kasb” hamda “Imomatda qiroatning ahamiyati” mavzularida ma’ruza qildi.
Ushbu suhbat davomida diniy soha xodimlarining mas’uliyati, masjidlardagi qiroat sifatini oshirish, imomlik maqomining ijtimoiy va ma’naviy hayotdagi o‘rni hamda qavm bilan ishlash odoblariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING