Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Sentabr, 2026   |   17 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:58
Quyosh
06:16
Peshin
12:14
Asr
16:24
Shom
18:15
Xufton
19:29
Bismillah
28 Sentabr, 2026, 17 Rabi`us soni, 1448

Qur'ondagi 6 shifo oyati

10.01.2024   27523   2 min.
Qur'ondagi 6 shifo oyati

Banda biror kasallikdan azob chekayotganda shifo sabablarini albatta izlashi shartdir. Bu borada shifokorga murojaat etish, dori-darmonlarni qabul qilish, sabrli bo'lish, shuningdek, kasallikning oldini olish talab etiladi.

Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Qatoda roziyallohu anhuning haqqiga bunday duo qilganlar: “Allohim, uning yuzini yanada go'zal qilgin, sochlari va tanasini quvvatli qilgin”. Qatoda roziyallohu anhu 75 yoshida vafot etganida o'n besh yoshli yigitga o'xshardi.

Bir kuni Imom Qosim Kushayriy rahimahullohning o'g'li kasal bo'lib qoldi. Ota farzandining kasalligidan qattiq g'amga botdi. Kunlarning birida tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko'radi va o'g'liga shifo tilab duo so'raydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “O'g'lingga shifo oyatlarini o'qi”, deydilar. Qosim Qushayriy rahmatullohi alayhi ularni o'qiydi va o'g'li tuzalib ketadi.

Shifo oyatlariga quyidagilar kiradi:

وَيَشْفِ صُدُورَ قَوْمٍ مُؤْمِنِينَ

  1. “(Alloh) mo'minlar qavmi qalblariga shifo beradi”(Tavba surasi, 14-oyat).

يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَتْكُمْ مَوْعِظَةٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَشِفَاءٌ لِمَا فِي الصُّدُورِ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ
 

  1. “Ey, odamlar! Sizlarga Robbingizdan va'z (nasihat), dillardagi narsa (shirk va boshqa illatlar)ga shifo va mo'minlarga hidoyat va rahmat keldi”(Yunus surasi, 57-oyat).

يَخْرُجُ مِنْ بُطُونِهَا شَرَابٌ مُخْتَلِفٌ أَلْوَانُهُ فِيهِ شِفَاءٌ لِلنَّاسِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآَيَةً لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ
 

  1. “Ularning (asalarilarning) qorinlaridan odamlar uchun shifo bo'lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir”(Nahl surasi, 69-oyat).

وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْآَنِ مَا هُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ

  1. “(Biz) Qur'ondan mo'minlar uchun shifo va rahmat bo'lgan (oyat)larni nozil qilurmiz”(Isro surasi, 82-oyat).

 

وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ

  1. “Kasal bo'lganimda, Uning O'zi menga shifo berur”(Shuaro surasi, 80-oyat).

 

قُلْ هُوَ لِلَّذِينَ آَمَنُوا هُدًى وَشِفَاءٌ

  1. Ayting: “(Ushbu Qur'on) iymon keltirgan zotlar uchun hidoyat va (dildagi ma'naviy illat uchun) shifodir”(Fussilat surasi, 44-oyat).

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qur’on ilmlari ustozi shayx Ayman Suvayd O‘zbekistonga keldi

28.09.2026   9601   1 min.
Qur’on ilmlari ustozi shayx Ayman Suvayd O‘zbekistonga keldi

Taraqqiyotimizning yangi davrida diniy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot sohalarida, xususan, Qur’on ilmlarini chuqur o‘rganish yo‘nalishida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, yurtimizda asrab-avaylanayotgan Kalomullohning eng noyob nusxasi – Hazrati Usmon Mus'hafining poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazining bosh zaliga o‘z maqomiga munosib tarzda joylashtirilishi, mamlakatimiz bo‘ylab Qur’oni karim va tajvid kurslarining faoliyat yuritayotgani hamda mus'haflarning yuqori sifatda nashr etilayotgani bu boradagi ezgu sa’y-harakatlarning yorqin misolidir. Shuningdek, har bir savobli ishni oyati karimalar tilovati bilan boshlash an’anasi Allohning kalomiga bo‘lgan yuksak ehtirom ramzidir.

Mana shunday xayrli ishlarning uzviy davomi sifatida xalqaro miqyosdagi Qur’on va tajvid ustozi, o‘n qiroat ilmi bo‘yicha dunyodagi eng taniqli ulamolardan biri — doktor Shayx Ayman Suvayd hazratlarining yurtimizga ilmiy safari tashkil etilmoqda.

Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizdagi Qur’oni karim va tajvid kurslari ustozlarining malaka va mahoratini oshirish, nazariy hamda amaliy bilimlarini boyitish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashishdir.

Ma’lumot uchun:

Shayx Ayman ibn Rushdiy Suvayd Qur’oni karim bo‘yicha Butunjahon tashkiloti Ilmiy kengashi raisi hisoblanadi. Olim Misrdagi mashhur «Al-Azhar» va Saudiya Arabistonidagi «Ummul-quro» universitetlarida tahsil olib, doktorlik ilmiy darajasini olgan. Uning 40 yillik ilmiy-tadqiqotlari mahsuli bo‘lgan «at-Tajvid al-Musovvar» asari va «Iqro» telekanalidagi turkum ko‘rsatuvlari keng ommaga yaxshi tanishdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari