Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Hayvon va qushlar jonini kim oladi?

26.06.2026   18098   1 min.
Hayvon va qushlar jonini kim oladi?

Savol: Hayvonlar, qushlar va hasharotlarning jonini ham Azroil alayhissalom qabz qiladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mo‘tabar manbalardagi ma’lumotlar barcha jonzotlarning jonini olish mas’uliyatini Alloh taolo O‘lim farishtasi (Azroil) alayhissalomga topshirganini ko‘rsatadi. Chunki bir rivoyatda O‘lim farishtasi alayhissalom: Men bitta chivinning jonini ham Allohning iznisiz o‘z xohishim bilan sug‘ura olmayman”, deganlari naql qilingan.

Imom Qurtubiy rahimahulloh buning izohida bunday deydilar: Bu hadisdan ma’lum bo‘ladiki, har bir jonzotning jonini olish mas’uliyatini Alloh taolo O‘lim farishtasiga yuklagan.

Shuningdek, Imom Molik ibn Anas rahmatullohi alayhdan "Chivinlarning jonini ham Azroil qabz qiladimi?" deb so‘radilar. Shunda imom: “Ularda jon bormi?” deb so‘radi. So‘rovchi: “Ha, bor”, degach, u kishi: “U holda, ularning jonini ham O‘lim farishtasi oladi”, dedilar. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   2843   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari