27 iyun – «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan diniy sohada mehnat qilayotgan matbuot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramatdin domla Razov diniy sohadagi islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslarni keng jamoatchilikka operativ, xolis va professional tarzda yetkazishda mehnat qilayotgan soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
Ularga Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tomonidan tashakkur bildirib, bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati