Islom ta’limotida suv - Allohning buyuk ne’mati. Uni ehtiyotkorlik bilan ishlatish nafaqat ekologik madaniyat, balki ibodat va iymon odobining bir qismi hisoblanadi.
Suv - ne’mat. Asrang, tejang va ehtirom qiling!
Qashqadaryo viloyatida masjid va muqaddas qadamjolarni obod etish hamda yangi ma’rifat maskanlarini barpo etish bo‘yicha xayrli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Ana shunday bunyodkorlik loyihalaridan biri sifatida Qarshi shahridagi tarixiy «Xonaqoh» jome masjidini yangi binosini qurishga kirishildi. Joriy yilning 3 avgust kuni ushbu qurilish ishlariga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov hamda mahalliy nuroniylar ishtirok etib, yangi binoning birinchi g‘ishtini qo‘ydilar.
Marosim yakunida yig‘ilganlar yurt tinchligi, el farovonligi va masjid qurilishi xayrli yakunlanishini tilab duo qildilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati