Bugun, 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan tarixiy kun. Ushbu qutlug‘ sanaga roppa-rosa 35 yil to‘ldi.
Bayrog‘imiz shunchaki mato emas, u xalqimizning ozodligi, tinchligi va milliy g‘ururini o‘zida mujassam etgan muqaddas timsoldir. Undagi har bir rang va belgida teran hikmat bor: moviy rang – kuch-qudrat va barqarorlik, oq rang – poklik va beg‘uborlik, yashil rang esa asriy qadriyatlarimiz, ona tabiatimiz va iymon-e’tiqodimiz ramzidir.
Qizil chiziqlar tomirimizdagi ajdodlar qonini, hilol — ezgulik, orzu-umidlar va Islom dinini, o‘n ikki yulduz esa mukammallikni, buyuk tariximiz va Sohibqiron bobomizning davlat boshqaruvidagi o‘n ikki tamoyilini anglatadi. Bugun ushbu muborak ramzimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosida 193 mustaqil davlat qatorida hilpirab, jahon ahliga O‘zbekiston degan tinchliksevar, hamjihat yurt borligini namoyon etmoqda.
Parvardigori olam jonajon Vatanimiz osmonini hamisha musaffo, xalqimiz hayotini tinch va farovon qilsin! Davlatimiz bayrog‘i dunyo minbarlarida doimo balandlarda hilpirab tursin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati