Saudiya Arabistonining Haj va Umra vazirligi xorijlik ziyoratchilar guruh rahbarlarini Qirollikka kelishidan oldin tayyorlash bo'yicha o'qitish dasturini ishga tushirdi.
Dasturning maqsadi Saudiya Arabistonidagi “Nigoh-2030” loyihasi maqsadlariga muvofiq, ziyoratchilarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, ziyoratlarni qulaylashtirish hamda diniy va madaniy tajribani boyitishdan iborat.
Mazkur tayyorlov kursini birinchi sessiyasi Kuala-Lumpurda bo'lib o'tdi va unda 30 dan ortiq guruh rahbarlari hamda Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri doktor Tavfiq bin Favzan ar-Robi'a ishtirok etdi.
Mazkur dasturga muvofiq, bu yilgi Haj mavsumi boshlanishidan oldin mamlakatlarda navbatdagi sessiyalar tashkil etiladi. Shuningdek, o'quv dasturi haj ziyoratini batafsil tushuntirish, jamoatni boshqarishning barcha jihatlarini qamrab oladi.
Qolaversa, bu dasturda haj va umra ziyorati bilan shug'ullanuvchi barcha tashkilot va idoralar bilan hamkorlik qilish maqsad qilingan. Kelgusi bu loyiha haj va umra ziyoratchilariga ko'rsatiladigan ma'muriy va ko'chma xizmatlar sifatini oshirishga hissa qo'shadi va tinglovchilarni o'qitish va tayyorlash uchun eng yaxshi dasturlarni taklif etadi.
O'MI xodimi I.Ahmedov tayyorladi.
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbyekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti