Shoir Shahriyor Shavkatning Afg‘oniston safarini ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib bordim. Safar haqida gazetada e’lon qilingan ikki-uch maqoladan ham xabardorman. Yaqinda Shahriyordan Telegram ilovamga shunday xabar keldi: “Assalomu alaykum. Yaxshimisiz? Sizga bir kitob atagandim, qayerga olib boray?” Xabarni o‘qib, “Jadid” gazetasi 2025 yildagi eng sara maqolalar to‘plamini nashr qilgan chog‘i”, deb o‘yladim. Biroq keyingi yozishmalardanm “Hirotga, bobomning huzuriga!” nomli kitob nashr etilgani oydinlashdi. Muallifga muborak, elga
manfaatli bo‘lsin!
So‘ngi vaqtda elektron kitoblarni afzal ko‘rib qoldim. Yuki yengil, smartfoningiz yoningizda bo‘lsa – bas, kun, tun, qor, yomg‘ir, anomal issiq yo sovuqni bahona qilmay, xohlagan joyda o‘qib ketaverasiz. Buning ustiga o‘zingizga ma’qul alifboga ham o‘girib olishingiz mumkin. “Bosmasini keyinroq olarman, elektron varianti bo‘lsa, o‘shani tashlang”, deb yozdim Shahriyorga. Tashlab berdi. Ikkiuch kun, ishdan so‘ng uyga borganda uyqu oldidan o‘qidim. Va kitobdagi o‘zimni ta’sirlantirgan voqealar, boshqalarni ham ta’sirlantirishi kerak bo‘lgan hodisalar haqida yozgim keldi...
Abdulhamid Muxtorov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,
"Ziyo" media markazi direktori
Manba: “Jadid” gazetasi
Gazetani yuklab olish uchun
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati