frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Xorijdagi yurtdoshlarimiz uchun qulay yangilik!

28.07.2026   30354   1 min.
Xorijdagi yurtdoshlarimiz uchun qulay yangilik!

Xorijda istiqomat qilayotgan hamyurtlarimizning diniy savol-javoblarga bo‘lgan ehtiyojlarini yengillashtirish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi tomonidan masofaviy murojaat xizmati yanada takomillashtirildi.


Endilikda musofirdagi vatandoshlarimiz uchun maxsus @fatvouz_musofir_bot telegram boti ishga tushirildi!


@fatvouz_musofir_bot imkoniyatlari: 
 

  • Aqlli qidiruv: Savolingizni yozing — bot boy fatvolar bazasidan sizni qiziqtirgan savolga zudlik bilan javob topib beradi.

  • Yozma murojaat: Agar bazadan kerakli javob topilmasa, savolingizni ulamolarga yozma ravishda yuborib, tez va mufassal javob olishingiz mumkin.

  • Parda ortidagi muloqot: Zarurat tug‘ilganda, Fatvo markazi mutaxassislari bilan bevosita qo‘ng‘iroq orqali bog‘lanish imkoniyati mavjud. 
     

Musofir yurtdoshlarimiz uchun ishonchli diniy manba:

@fatvouz_musofir_bot

Do‘stlaringiz va yaqinlaringizga ham ulashing!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

28.08.2026   97015   1 min.
Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026 yil 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.

 

Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan.


Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan.

 

Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investitsiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan.

 

Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.

 

https://t.me/Rasmiy_axborot_official

O'zbekiston yangiliklari