Sport – sog‘lom turmush kafolati. Sport bilan shug‘ullangan kishining tani sihat, o‘zi esa xotirjam bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida Toshkent viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar va imom noiblari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
1-o‘rin: Bo‘stonliq tumani «Toli buva» jome masjidi imom noibi Abufayz domla Husanboyevga;
2-o‘rin: Bekobod tumani «Ulug‘bek» masjidi imom-xatibi Abdulloh domla Dehqonboyevga;
3-o‘rin: Ohangaron tumani «Islom nuri» jome masjidi imom noibi Abdulloh domla Eshboyevga nasib etdi.
G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Fursatdan foydalanib, barcha g‘oliblarni qutlaymiz.
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
10 avgust kuni, Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida ezgulik va saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tadbir o‘tkazildi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Urganch shahrida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlaridan 35 nafariga yangi o‘quv yili oldidan maktab kiyimlari, sumkalar va zarur o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.