Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Oktabr, 2026   |   20 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:33
Quyosh
06:53
Peshin
12:12
Asr
15:38
Shom
17:23
Xufton
18:37
Bismillah
31 Oktabr, 2026, 20 Jumadul avval, 1448

USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA

30.09.2026   119311   1 min.
USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA

Yurtimizda har yili 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bu ayyom jamiyatimizda muallimlarga ko‘rsatilayotgan cheksiz hurmat-ehtiromning ramziy ifodasi bo‘lib, aslida, ustozni ulug‘lash ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan eng go‘zal qadriyatlardan biridir.
 

Muqaddas dinimizda ilm ahli va ustozlarning maqomi nihoyatda yuksak. Qur’oni karimning Mujodala surasi 11-oyatida ularning obro‘-e’tibori naqadar baland ekani shunday bayon qilinadi: «...Alloh sizlardan imon keltirganlarni va ilm berilganlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur».
 

Kasb bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi va hududdagi jome masjidlar imom-xatiblari, shuningdek, Nukus shahridagi «Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudiri hamda mudarrislari ishtirokida xayrli tadbir tashkil etildi.
 

Tadbir doirasida ko‘p yillar davomida diniy sohada samarali mehnat qilib, yoshlarga ilm-ma’rifat ulashgan va bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlarning holidan xabar olindi. Ulamolar va diniy soha xodimlari muhtaram ustozlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdilar.
 

Alloh taolo dinimiz ravnaqiga beminnat xizmat qilgan aziz ustozlarimizga mustahkam sog‘lik, mazmunli umr va oilaviy xotirjamlik ato qilsin!

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti
Matbuot xizmati

USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA
Boshqa maqolalar

Din va jamoat yetakchilari uchun zamonaviy media bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi

16.10.2026   99983   1 min.
Din va jamoat yetakchilari uchun zamonaviy media bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 12–15 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi, BAAning “HEDAYAH” xalqaro markazi, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va X-Media jamoasi hamkorligida mamlakatimizning din va jamoat yetakchilari uchun maxsus seminar-trening o‘tkazildi.

Boshqa jamoat tashkilotlari qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidan 25 nafar ishtirokchi qatnashgan mazkur trening zamonaviy media texnologiyalari, sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanishga bag‘ishlandi.

Seminar davomida nazariyadan amaliyotga o‘tgan ishtirokchilar video kontent yaratish, ssenariy yozish, faktlarni tekshirish, raqamli platformalarda auditoriyani jalb etish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab olishdi.

Bu kabi seminar-treninglar zamonaviy media imkoniyatlaridan oqilona foydalanib, jamiyat bilan muloqotni yanada samarali, mazmunli va ishonchli yo‘lga qo‘yishda juda foydali ekani bilan ahamiyatlidir.
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Din va jamoat yetakchilari uchun zamonaviy media bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi Din va jamoat yetakchilari uchun zamonaviy media bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi Din va jamoat yetakchilari uchun zamonaviy media bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi Din va jamoat yetakchilari uchun zamonaviy media bo‘yicha seminar trening bo‘lib o‘tdi