Masjidul Haromda so'nggi texnologiyalar asosida yangi audiotizim ishga tushirildi. Uni sozlash va o'rnatish ishlarida 120 nafardan ortiq ovoz muhandislari ishtirok etdi, deya xabar berdi islamnews nashri.
Ziyoratchilarga azon sadosi va jamoat namoz ovozini etkazish uchun 7000 dan ortiq karnay o'rnatildi. Ovoz tizimini muvofiqlashtirish uchun Masjidul Harom hududida ikkita pul't boshqaruvi xonasi va yana bir zaxira tizimi mavjud.
Mazkur texnik yangiliklar Masjidul Harom va unga tutash hududlarni kengaytirish bo'yicha keng ko'lamli loyiha doirasida amalga oshirilmoqda.
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida “Mahalla obodligi va mehr-saxovat oyligi” doirasida “Ezgulik va ma’rifat targ‘ibotchilari” shiori ostida sayyor ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda aholiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi murojaati yetkazilib, "Qirqvolida" mahallasi va "Mirzaobod" qabristonida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.
Shuningdek, yurtdoshlarimiz o‘rtasida bag‘rikenglik, mehr-oqibat va ezgulik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi samimiy suhbatlar o‘tkazilib, tumandagi 16 ta mahallada istiqomat qiluvchi 55 ta ehtiyojmand oilaga moddiy xayriya yordamlari topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati