Basmala – buبِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِdir, Qur'on o'qimoqchi bo'lgan kishi tilovatga kirishishdan avval basmala aytishi lozimdur.
Alloh taolo o'z rasuliga shunday amr etgan: “O'qi (ey, Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot bo'lmish Rabbing ismi bilan!” (A'laq, 1).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Avvali Allohning ismi ila boshlanmagan har bir ish, oxiri yaxshilik ila tugamaydigan ishdir”, deganlar, (Imom Ahmad rivoyati).
Basmalani aytish Alloh taoloning buyrug'iga va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishdir.
Basmala isti'ozadan keyin, oyatdan avval o'qiladi. Faqatgina “Tavba” surasining boshida o'qilmaydi. Sababi, mushaflarda shunday kelgan. Yana bir sababi shuki, basmalada rahmat, mehr ma'nosi bor. “Tavba” surasi esa, urush, shiddat, mushriklarga nisbatan qattiqlik haqidadir. Yana boshqa bir sababi, “Tavba” surasi o'zidan avvalgi “Anfol” surasining davomi, ya'ni, bu ikki sura aslida bitta sura ekanligi ehtimoli ham bor.
Istioza, basmala va suraning boshini o'qilishi
Sura oxiri, basmala va keyingi suraning boshini o'qilishi
Ya'ni bir surani tamomlab, keyingi suraga o'tmoqchi bo'lganimizda, quyidagi uch yo'ldan birini tanlashimiz mumkin:
Bunda to'rtinchi ko'rinish yo'q, ya'ni suraning oxirini basmalaga qo'shib o'qib, to'xtab, keyingi suraning boshi o'qilmaydi, chunki basmala suraning oxirgi oyatiga o'xshab qoladi. Basmala suraning boshida o'qish uchundir, oxirida emas.
“Anfol” surasining oxirini va “Tavba” surasining boshini o'qilishi:
Mulohaza: Biz istioza, basmala va sura boshi haqida gapirib o'tdik. Agar suraning boshidan emas, o'rtasidan o'qilmoqchi bo'linsa, istioza, basmala va qasd qilingan oyat o'qiladi.
“Tavba” surasining o'rtasidan o'qilmoqchi bo'lsa, istiozaning o'zi bilan kifoyalanib, basmalani o'qimagan durust.
Mir Arab o'rta maxsus islom bilim yurti o'qituvchisi
Abdusamad Tojiddinov
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 mart kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi.
Ziyoratgohning qoq markazida buyuk hadisshunos bobomizning tabarruk maqbarasi o‘rin olgan.
Davlatimiz rahbari maqbarani ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.
– Muborak Ramazon hayiti arafasida buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlarining ruhi poklariga yana bir bor hurmat-ehtirom bajo keltirmoqdamiz. Buxoriy bobomiz Qur’oni karimdan keyingi eng mo‘tabar manba bo‘lgan hadislar kitobini yaratib, butun islom olamida shuhrat qozongan ulug‘ siymodir. Muqaddas zaminimiz dunyoga mana shunday mashhur allomani bergani bilan har qancha faxrlansak, arziydi.
El-yurtimizning fidokorona mehnati bilan bugun orzu-niyatlarimiz ro‘yobga chiqdi. Bu betakror ziyoratgohni Imom Buxoriy bobomizning olamshumul mavqeiga, yuksak maqomiga munosib darajada bunyod etishga muyassar bo‘ldik. Mana shunday tabarruk maskan barchamizga muborak bo‘lsin, – dedi davlatimiz rahbari.