Indoneziyada Muqaddas Ramazon oyi arafasida mo'min musulmonlar uchun masjid – Abu-Dabidagi mashhur Shayx Zayd masjidining kichikroq nusxasi ochiladi.
Markaziy Yavadagi masjid hajmi bo'yicha Amirliklarda joylashgan asl me'moriy majmuaning 20 foiziga teng. Yangi masjid BAAning marhum Prezidenti Shayx Zayd bin Sulton Al-Nahayan nomini oladi.
Din ishlari vazirligi rasmiysi Akmal Salim Ruhanning so'zlariga ko'ra, masjid jamoatchilikka ochilishidan oldin tugatish ishlarining yakuniy bosqichidan o'tmoqda, deya xabar beradi ArabNews.
"Biz uni Ramazon arafasida ochishimiz kerak, chunki bu oyga bag'ishlangan ko'plab dasturlar allaqachon tayyorlangan", – deb tushuntirdi vazirlik vakili.
Habar qilinishicha, masjid 10 000 namozxonni sig'dira oladi. Abu-Dabining mashhur diniy binosining nusxa ko'chirilgan elementlardan tashqari masjid dizaynida an'anaviy Indoneziya elementlari ham mavjud bo'ladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.
Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati