Bahrayn rasmiylari islom me'morchiligini qayta ko'rib chiqib, yangi masjid loyihasini ma'qulladi. Unga ko'ra, ushbu masjid futuristik uslubda barpo etiladi, deb yozadi IslamNews.
Loyiha me'mori Ali Karimiyning so'zlariga ko'ra, qurilish qiymati taxminan 700 000 Bahrayn dinorini tashkil etib, loyiha qiymati xuddi shunday kattalikdagi masjidlardan 10-20 foizga arzon. Chunki masjid gumbazi quyosh nurlarini yaxshi o'tkazadigan qilib bunyod etilmoqda. Bu xonaqohni yorug' bo'lishiga xizmat qilishi barobarida elektr energiyani tejash imkonini beradi. Bunday uslub masjid qurilishida keng qo'llanilmoqda. Shuningdek, masjid loyihasida bir qancha yangiliklar qilinganki, bu namozxonlar uchun qulaylik yaratadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati