Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Sentabr, 2026   |   20 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:27
Quyosh
05:50
Peshin
12:23
Asr
17:00
Shom
18:59
Xufton
20:17
Bismillah
02 Sentabr, 2026, 20 Rabi`ul avval, 1448

O'zbekiston va Bruney ziyorat turizmi masalalarini muhokama qilmoqda

23.01.2023   2691   2 min.
O'zbekiston va Bruney ziyorat turizmi masalalarini muhokama qilmoqda

Yaqinda mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko'magida O'zbekiston va Bruney transport vazirliklari hamda «Uzbekistan Airports» AJ, «Marokanda Air» va «Royal Brunei Airlines» aviakompaniyalari rahbarlari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
1974 yilda tashkil etilgan «Royal Brunei Airlines» Bruney Sultonligining davlatga qarashli milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniya Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa, Avstraliya va Okeaniyaning 20 yo'nalishi bo'ylab muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.
Muzokaralar chog'ida «Uzbekistan Airports» AJ faoliyati, xorijiy aviakompaniyalarga boshqa davlatlardan yo'lovchi va yuk qatnovlarini tashkil etishda mavjud imtiyoz va preferentsiyalar, shuningdek, Samarqand xalqaro aeroportida joriy etilgan «Ochiq osmon» rejimi haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.
Hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari, xususan, «Royal Brunei Airlines» aviakompaniyasining O'zbekistonga to'g'ridan-to'g'ri havo qatnavlarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
«Royal Brunei Airlines» aviakompaniyasi vitse-prezidenti Ilyas' Rori Teo mamlakatimiz aeroportlarini modernizatsiya qilish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha respublikada ko'rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholab, o'zbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yishdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.
Birinchi qadam sifatida O'zbekiston va Malayziya hukumatlari o'rtasida havo qatnovi to'g'risidagi bitimni ishlab chiqish va imzolash orqali hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish taklif etildi. Ikki davlat bozorlarini o'zaro o'rganish maqsadida respublika aviakompaniyalari bilan kod-sher yoki interlayn kelishuv asosida o'zaro hamkorlik qilish imkoniyati qayd etildi.
Bruney Transport va axborot kommunikatsiyalari vazirligining Aviatsiyani rivojlantirish departamenti boshlig'i Laylatul Zurayda ham ikki davlat aviatsiya ma'muriyati va aeroportlarining salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, ziyorat turizmi, xususan «Umra +» dasturi doirasida hamkorlikni yo'lga qo'yishni taklif qildi.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha hamkorlik istiqbollarini batafsil muhokama qilish, aeroportlar hamda sayyohlik ob'ektlari infratuzilmasi bilan tanishish uchun Bruney Transport va infokommunikatsiya vazirligi hamda «Royal Brunei Airlines» aviakompaniyasi vakillarining O'zbekistonga safarini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matubot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda

02.09.2026   4885   1 min.
Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda

Bugun, 2 sentyabr chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning murojaat va takliflarini atroflicha tingladi.


Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabul jarayonida Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, Umra ziyorati tartibi hamda masjidlar faoliyatiga doir murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.


Uchrashuv davomida bildirilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga shar’iy va huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli mas’ul xodimlarga murojaatlarni qisqa fursatlarda qonuniy hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.


Eslatib o‘tamiz, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan bu kabi fuqarolar qabullari O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda
O'zbekiston yangiliklari