O'zbekiston madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) Islom san'atining birinchi biyennalesida ishtirok etib, mamlakatimizdagi noyob muzey eksponatlarini taqdim etadi.
O'zA xabariga ko'ra, 17 ob'ektdan iborat ekspozitsiyada Mushafning eng qadimiy qo'lyozmalaridan biri bo'lgan Kattalangar Qur'oniga alohida o'rin berilgan. Yaqinda Luvr mutaxassislari tomonidan tiklangan uning 13 sahifasidan ikkitasi hozirda fond tomonidan Parijda tashkil etilgan ko'rgazmada birinchi marta namoyish etilmoqda. Islom san'ati Biyennalesida Qur'onning to'rt sahifasi bo'lib, ulardan ikkitasi birinchi marta ko'rsatiladi.
Islom san'ati Biyennalesi shu yilning 23 yanvaridan 23 apreliga qadar Jidda (Saudiya Arabistoni)da Canopy Terminal hududida bo'lib o'tadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Shayx Nuriddin Xoliqnazar tashabbuslari bilan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati va qoziyotga qarashli barcha masjid imom-xatiblari tomonidan nuroniy keksalar, mehnat faxriylari hamda yordamga muhtoj oilalarning holidan xabar olindi. Tadbir doirasida muhtoj oilalarning turmushini yengillashtirish maqsadida bir oilaga zamonaviy quyosh paneli o‘rnatib berilib, qo‘shimcha bayram sovg‘alari topshirildi. Bunday xayriya tashabbuslari jamiyatda o‘zaro ahillik, mehr-oqibat va inson qadrini ulug‘lash muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti