Saudiya Arabistoni Oila kengashi ma'lumotlariga ko'ra, Muhammad ismi 2022 yilda dunyo bo'ylab eng ko'p qo'yilgan ism bo'ldi.
AQShning Babycenter tadqiqot kompaniyasi tomonidan e'lon qilgan hisobotga ko'ra, Muhammad 2022 yilda Buyuk Britaniyada eng mashhur o'g'il bolalar ismlari ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi.
O'tgan yili Amerikaning ushbu tadqiqot kompaniyasi Muhammad ismi 2021-yilda Britaniyada tug'ilgan bolalar orasida eng ko'p qo'yilganini e'lon qilgandi. Kompaniyaning ma'lum qilishicha, Muhammad ismi ketma-ket beshinchi yil davomida chaqaloq ismlari ro'yxatida birinchi o'rinda turibdi.
Ginnesning rekordlar kitobi bu muborak ismni olganlar soni dunyo bo'ylab 70 milliondan oshiq ekanini ta'kidladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati