Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Sentabr, 2026   |   21 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:29
Quyosh
05:51
Peshin
12:22
Asr
16:59
Shom
18:57
Xufton
20:15
Bismillah
03 Sentabr, 2026, 21 Rabi`ul avval, 1448

Jidda shahrida O'zbekistonning 17 ta tarixiy eksponati namoyish etiladi

14.01.2023   2915   4 min.
Jidda shahrida O'zbekistonning 17 ta tarixiy eksponati namoyish etiladi

Shu yilning 23 yanvaridan 23 apreliga qadar Jidda (Saudiya Arabistoni)da Islom san'ati bo'yicha birinchi Biyennale bo'lib o'tadi. Unda O'zbekistonning 27 ta eksponati namoyish etiladi.

Tadbir Diriy biyennale fondi va Saudiya Arabistoni Madaniyat vazirligi hamkorigida tashkil etilmoqda. Undan ko'zlangan maqsad “o'tmish, hozirgi kun va kelajakni bog'lash”dan iborat. Biyennalening asosiy mavzusi «Avval bayt» deb nomlanib, u arab tilida “birinchi uy” degan ma'noni bildiradi. Dastavval Bayt — Qur'oni karimda keltirilgan iborat bo'lib, u musulmonlarning eng  muqaddas maskani – Makkadagi Ka'baga nisbatan qo'llaniladi.  

Tashkilotchilarning qayd etishicha, tadbir an'analarni saqlagan holda, innovatsiyalarni ilgari suradi. Unda san'at sohasidagi ma'naviy izlanishlar uning barcha ko'rinishdagi badiiy ifoda va shakllarida taqdim etiladi.  

Tadbirda O'zbekiston tarixiy merosini Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tanishtiradi.  

 “Islom san'ati biyennalesida O'zbekistonning bebaho eksponatlari turkumini  tanishtirish biz uchun katta sharaf. Yurtimiz boy merosini xalqaro hamjamiyatga namoyish etish hamda xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasining muhim vazifasi hisoblanadi. Biyennaleda ishtirok etish bu ishlarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir”, - deydi Jamg'arma Kengashi raisi o'rinbosari Saida Mirziyoeva.  

Jidda shahridagi ko'rgazmada O'zbekiston madaniy merosini aks ettiruvchi 17 ta eksponat namoyish etiladi. Islom olamining eng muhim qo'lyozmalaridan biri bo'lgan VIII asrga oid Kattalangar Qur'onining bir necha sahifasi, XVII asrga oid “Imom al-Buxoriyning Al-Jome' as-Sahih” hadislar to'plami,  Samarqand va Afrosiyobning  X-XII asrlarga oid sopol ko'za va kosalari, milliy  liboslar, poyafzallar va boshqa noyob eksponatlar shular jumlasidandir.

O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi ijrochi direktori Gayane Umerovaning ma'lum qilishicha, islom san'ati biyennalesi ushbu nodir madaniyat bilan bog'liq loyihalarni namoyish etish imkonini beruvchi muhim  xalqaro tadbirdir. O'zbekiston boy tarixga ega, o'tmishimizning  aksariyat qismi islom an'analari bilan chambarchas bog'liq. Mamlakatimiz tomonidan namoyish etilayotgan eksponatlar jahon hamjamiyatining ularni o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan.  

Biyennale doirasida Jamg'arma tomonidan yurtimiz madaniy merosi bilan tanishtirishga qaratilgan keng ommaviy dastur  tashkillashtirish rejalashtirilgan. U munozaralar, musiqiy chiqishlar, kino namoyishlari va amaliy darslarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, an'anaviy musiqiy  asboblari jo'rligida “O'lim minorasi”(1924) nomli ovozsiz fil'mi, “Al-Buxoriy” (1998) ham namoyish etilib, kulolchilik, so'zana va boshqa mavzular bo'yicha mahorat darslari va boshqa ko'plab tadbirlar ham tashkil etilishi ko'zda tutilgan.  

O'zA

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Misr OAV: O‘zbekiston – islom sivilizatsiyasining global markazi

03.09.2026   4082   1 min.
Misr OAV: O‘zbekiston – islom sivilizatsiyasining global markazi

Misrning nufuzli ommaviy axborot vositalarida Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro mediaforum yakunlari va O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi global markazi sifatidagi roliga bag‘ishlangan maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, “Al Montasaf” nashri forum 40 ta mamlakatdan 200 nafardan ortiq jurnalist va OAV vakillarini birlashtirib, O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy mash’al sifatidagi maqomini namoyish etgani haqidagi fikrni keng yoritmoqda.

Shuningdek, “Eldameer” nashri Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga e’tibor qaratgan. Markaz qadimiy qo‘lyozmalarni, jumladan, mamlakatda saqlanayotgan Mus'hafning eng qadimiy nusxalaridan birini tadqiq etish va nashr qilishda nashriyotlarga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Ushbu keng ko‘lamli madaniy va ma’rifiy yuksalish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va qo‘llab-quvvatlash tufayli mumkin bo‘lgani ta’kidlanadi.

Bundan tashqari, “Eldameer” nashri sahifalarida sodir bo‘layotgan uyg‘onishning tarixiy ahamiyati qayd etilib, O‘zbekiston rahbari shafeligida islom mamlakatlari yoshlari o‘rtasida ilmiy-tadqiqot tanlovini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Tadbirning boy dasturi, jumladan, ishtirokchilarning buyuk muhaddis Imom Al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish uchun Samarqandga rejalashtirilgan tashrifi ham yoritilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari