Tadbir Diriy biyennale fondi va Saudiya Arabistoni Madaniyat vazirligi hamkorigida tashkil etilmoqda. Undan ko'zlangan maqsad “o'tmish, hozirgi kun va kelajakni bog'lash”dan iborat. Biyennalening asosiy mavzusi «Avval bayt» deb nomlanib, u arab tilida “birinchi uy” degan ma'noni bildiradi. Dastavval Bayt — Qur'oni karimda keltirilgan iborat bo'lib, u musulmonlarning eng muqaddas maskani – Makkadagi Ka'baga nisbatan qo'llaniladi.


Tashkilotchilarning qayd etishicha, tadbir an'analarni saqlagan holda, innovatsiyalarni ilgari suradi. Unda san'at sohasidagi ma'naviy izlanishlar uning barcha ko'rinishdagi badiiy ifoda va shakllarida taqdim etiladi.
Tadbirda O'zbekiston tarixiy merosini Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tanishtiradi.


“Islom san'ati biyennalesida O'zbekistonning bebaho eksponatlari turkumini tanishtirish biz uchun katta sharaf. Yurtimiz boy merosini xalqaro hamjamiyatga namoyish etish hamda xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasining muhim vazifasi hisoblanadi. Biyennaleda ishtirok etish bu ishlarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir”, - deydi Jamg'arma Kengashi raisi o'rinbosari Saida Mirziyoeva.


Jidda shahridagi ko'rgazmada O'zbekiston madaniy merosini aks ettiruvchi 17 ta eksponat namoyish etiladi. Islom olamining eng muhim qo'lyozmalaridan biri bo'lgan VIII asrga oid Kattalangar Qur'onining bir necha sahifasi, XVII asrga oid “Imom al-Buxoriyning Al-Jome' as-Sahih” hadislar to'plami, Samarqand va Afrosiyobning X-XII asrlarga oid sopol ko'za va kosalari, milliy liboslar, poyafzallar va boshqa noyob eksponatlar shular jumlasidandir.


O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi ijrochi direktori Gayane Umerovaning ma'lum qilishicha, islom san'ati biyennalesi ushbu nodir madaniyat bilan bog'liq loyihalarni namoyish etish imkonini beruvchi muhim xalqaro tadbirdir. O'zbekiston boy tarixga ega, o'tmishimizning aksariyat qismi islom an'analari bilan chambarchas bog'liq. Mamlakatimiz tomonidan namoyish etilayotgan eksponatlar jahon hamjamiyatining ularni o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan.


Biyennale doirasida Jamg'arma tomonidan yurtimiz madaniy merosi bilan tanishtirishga qaratilgan keng ommaviy dastur tashkillashtirish rejalashtirilgan. U munozaralar, musiqiy chiqishlar, kino namoyishlari va amaliy darslarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, an'anaviy musiqiy asboblari jo'rligida “O'lim minorasi”(1924) nomli ovozsiz fil'mi, “Al-Buxoriy” (1998) ham namoyish etilib, kulolchilik, so'zana va boshqa mavzular bo'yicha mahorat darslari va boshqa ko'plab tadbirlar ham tashkil etilishi ko'zda tutilgan.
O'zA
1. Jaholatdan ko‘ra yomonroq faqirlik yo‘q.
2. Aqldan ko‘ra foydaliroq mol yo‘q.
3. O‘ziga bino qo‘yishdan ko‘ra yomonroq yolg‘izlik yo‘q.
4. Maslahatdan ko‘ra ishonchliroq bir-birini qo‘llash yo‘q.
5. Go‘zal xulqdek nasl-nasab yo‘q.
6. O‘zini tiya bilishdek taqvo yo‘q.
7. Tafakkurdek ibodat yo‘q.
8. Balog‘atga yetgandan so‘ng yetimlik yo‘q.
9. Fathdan so‘ng hijrat yo‘q.
10. Omonatga xiyonat qiluvchida iymon yo‘q.
11. Va’dasiga vafo qilmaydigan odamda din yo‘q.
12. Uch kundan ortiq arazlashib yurish yo‘q.
13. Istig‘for bilan gunohi kabira yo‘q.
14. Qur’on o‘qib yurgan banda uchun muhtojlik yo‘q va u uchun Qur’ondan ortiqroq boylik yo‘q.
15. Alloh uchun duodan o‘zga yoqimliroq narsa yo‘q.
16. Zulmdan ham ko‘ra jazosi tezroq keladigan narsa yo‘q.
17. O‘zgalarning och qornini to‘ydirishdan ko‘ra afzalroq amal yo‘q.
Davron NURMUHAMMAD