Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Oktabr, 2026   |   16 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:29
Quyosh
06:48
Peshin
12:12
Asr
15:43
Shom
17:28
Xufton
18:42
Bismillah
27 Oktabr, 2026, 16 Jumadul avval, 1448

Ixtilof

13.01.2023   6098   1 min.
Ixtilof

Ba'zi shaxs va jamoalar o'zlaridan islom etakchilari yasab olishadi. Ular o'z mabda'larini, fikrlarini, rejalarini va strategiyalarini tuzib olib so'ngra Qur'oni karimdan o'sha mabda'larini qo'llab quvvatlaydigan hujjat qidirishadi. Ular o'zlarini islom etakchilari deb hisoblashadi, dinga ergashuvchilar emas.

Aynan ana shu ish Allohga qarshi borishdir. Islomni soxtalashtirishdir. Ana shu kasofatlar sabab maydonda "mo''tadil islom", "radikal islom", "siyosiy islom", "islom ekstremizmi", "islom terrorizmi" kabi atamalar paydo bo'ldi.

Aslida islom bitta. Uni Qur'oni karim va sunnati nabaviyya ifoda etadi. Ana shu asl islomni ifoda etadigan Qur'oni karimni va sunnati nabaviyyani faqatgina pokizalar fahmlashi mumkin. Ya'ni, havoyi nafsidan pokizalar, shaxsiy g'arazlardan pokizalar...

Alloma Abul Hasan Nadviy rahimahulloh o'zining kitobi muqaddimasida aytadi:
"Bu kitobni yozishdan maqsadim bir g'oyaga asos solib so'ngra tarixni o'sha g'oyaga bo'ysundirish emas. Tarixni xolis (beg'araz) o'rganishdir".

Biz o'z qarashlarimizga dindan hujjat-dalil qidirishimiz kerak emas, balki qarashlarimizni dinga moslashtirishimiz lozim. Zero dinni biz emas, aksincha din bizni boshqaradi!



Manbalar asosida tayorlandi
Fazliddin Salimov

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qozog‘istonda ilmiy anjuman va o‘zbek yoshlari bilan samimiy muloqot

22.10.2026   49823   1 min.
Qozog‘istonda ilmiy anjuman va o‘zbek yoshlari bilan samimiy muloqot

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov Qozog‘istondagi “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universiteti tashkil topganining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Qozog‘istonda islom sivilizatsiyasi an’analari: o‘tmishi va buguni” mavzusidagi XXXII xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi. 
 

Misr va Markaziy Osiyo davlatlari diniy idoralari yetakchilari, taniqli ulamolar hamda soha mutaxassislari qatnashgan nufuzli tadbirda Muhammadolim Muhammadsiddiqov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining anjuman qatnashchilariga yo‘llagan qutlovini yetkazdi.

Tabrikda universitetning chorak asr davomida sof ma’rifatni yoyish, malakali kadrlar tayyorlash va qardosh xalqlar o‘rtasidagi ilmiy-ma’naviy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni yuqori baholandi. 
 

Safar davomida mazkur oliygohda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan alohida uchrashuv tashkil etildi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan suhbatda yoshlarning o‘qish sharoitlari, ilmiy izlanishlari tinglanib, sof diniy bilimlarni chuqur egallash hamda yurt ravnaqiga kamarbasta yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Qozog‘istonda ilmiy anjuman va o‘zbek yoshlari bilan samimiy muloqot Qozog‘istonda ilmiy anjuman va o‘zbek yoshlari bilan samimiy muloqot Qozog‘istonda ilmiy anjuman va o‘zbek yoshlari bilan samimiy muloqot Qozog‘istonda ilmiy anjuman va o‘zbek yoshlari bilan samimiy muloqot
O'zbekiston yangiliklari