O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalari talabalarining qishki ta'til davri 2024 yil 7 yanvarga qadar etib belgilangani munosabati bilan ta'lim-tarbiya ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida o'quv dargohlarining 250 dan ziyod professor-o'qituvchi va ishchi-xodimi uchun o'quv-seminarlar bo'lib o'tmoqda.
Mazkur o'quv-seminarlarga Fan va innotsiyalar vazirligi malakali mutaxassislari, O'zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi markaz, Namangan, Andijon, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz davlat pedagogika universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat til va adabiyot universiteti professor-o'qituvchilari jalb etilgan.
Ushbu seminarlarda o'quv jarayoniga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar, zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlar, ixtisoslik fanlariga oid mashg'ulotlar olib borilmoqda.
Mazkur malaka oshirish kurslari ta'lim-tarbiya sohasidagi so'nggi pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirish, ta'lim sifatini yanada oshirish, o'qituvchilarning o'z ustida tinisiz ishlashi va o'zaro tajriba almashuviga erishish maqsadida tashkil etildi.
O'quv-seminarlar yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.












O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
O‘zbekiston va Iordaniyani boy islomiy ma’naviy meros, ilm-fanga hurmat va madaniy an’analarni asrab-avaylashga intilish bog‘lab turadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi SMTI bosh ilmiy xodimi Sarvar Kamolov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu umumiylik yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikda amaliy ifodasini topmoqda.
"Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Iordaniya Butunjahon islom fanlari va ta’limi universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi," - dedi S.Kamolov.
Uning fikricha, akademik almashinuvlar va qo‘shma tadqiqotlar islom sivilizatsiyasi, tarixi va arabshunosligini o‘rganish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochib, ikki mamlakat olimlarining ilmiy salohiyatini birlashtiradi.
"Bunday format ilg‘or metodikalarni almashish va xalqaro maydonda islomning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishga xizmat qiladi," - deya xulosa qildi u.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati