Birlashgan Arab Amirliklarining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri Shayx Zayd masjidi ish rejimini Abu-Dabi amirligiga tashrif buyurgan mehmonlar foydasiga o'zgartirdi.
Endi Shayx Zayd masjidi kunu tun ochiq - diniy inshootda ekskursiyalar tun bo'yi bo'lib o'tadi, deb xabar beradi IslamNews Khaleej Times nashriga tayanib.
Kiritilgan yangilik to'liq kun davomida ishlaydigan, ish yuklamasi yuqori bo'lgan va odatdagi soatlarda masjidga tashrif buyurishga vaqtlari bo'lmagan insonlar uchun mo'ljallangan. Kechasi Shayx Zayd masjidiga tashrif buyurish tungi Abu-Dabining o'ziga xos muhitini va'da qiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati