CNN Travel O'zbekistonni 2024 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi maskanlardan biri sifatida e'tirof etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Amerika ommabop saytining yozishicha, 2023 yilda xalqaro turizm pandemiyadan oldingi darajasining qariyb 90 foiziga etgan.
Shularni hisobga olgan holda CNN Travel 2024 yilda sayohatlarni rejalashtirishda e'tiborga olish kerak bo'lgan 24 ta eng yaxshi maskanlar ro'yxatini e'lon qildi. Quvonarlisi, ushbu borib ko'rish shart bo'lgan joylar ro'yxatida O'zbekistonning tarixiy shaharlari ham qayd etilgan.
«Pandemiyadan oldin O'zbekiston mamlakatni jahon miqyosidagi sayyohlik markaziga aylantirish uchun bir qator ulkan islohotlarni hayotga tatbiq etayotgan edi, - deb yozgan CNN Travel. -Endi ushbu vazifalarni amalga oshirish vaqti keldi».
Nashrda qayd etilishicha, O'zbekiston 86 davlat fuqarolariga vizasiz kirish imkoniyatini taqdim etgan. Mamlakatning takrorlanmas landshafti va yaxshi saqlangan qadimiy arxitekturasi sayyohlarni kutmoqda.
«O'zbekistonning Hitoy va Hindistondan O'rta er dengizigacha bo'lgan tarixiy savdo yo'li – Buyuk Ipak yo'lida tutgan o'rnini chuqurroq tushunish uchun Samarqand, Buxoro va Hiva shaharlariga, albatta boring, — deb yozadi CNN. - Samarqanddan 3,5 soatlik masofada joylashgan Sentob qishlog'i 2023 yilda YuNYeSKO tomonidan «Eng yaxshi turizm qishlog'i» deb topildi».
CNN Travel ma'lum qilganidek, poytaxt Toshkentni Samarqand va Buxoro shaharlari bilan bog'lovchi «Afrosiyob» tezyurar poyezdi bilan mamlakat bo'ylab sayohat qilish yanada osonlashdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Barchamizni Alloh taolo yaratgan. Taqdirlarimizni ihota qiluvchi yagona Zot ham faqatgina Robbimizning O‘zidir.
Qur’oni karimda: “…Albatta, biz Allohning ixtiyoridamiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytuvchilarmiz…” deyilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati Paxtaobod tumani "Nurmuhammad hoji" jome masjidi imom noibi Omadbek domla Ergashevning vafoti munosabati bilan oila a’zolari, yaqinlari va qadrdonlariga ta’ziya bildiradi.
Alloh taolo marhum domlani O‘z mag‘firatiga olsin, imonlarini salomat qilsin, qilgan solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhumning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi