O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi ko'p yillar mobaynida diniy-ma'rifiy sohada xizmat qilgan Jaloliddin domla Nuriddinovning ukasi Orifxon Nuriddinovning vafoti munosabati bilan barcha oila a'zolariga, yaqinlariga, chuqur va samimiy ta'ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylab, O'z mag'firatiga olsin, barcha sahvu xatolarini kechirsin, rahmatiga chulg'asin, qabrlarini jannat bog'chalaridan qilib, oxiratlarini obod aylasin!
Ushbu og'ir damlarda O'zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o'qituvchi-mudarrislari nomidan marhumning yaqinlariga, xususan, ustoz Jaloliddin Nuriddinovga hamdardlik bildiramiz, Alloh taolodan sabru jamil tilaymiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun!
«Musibat etganda "Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz", degan sabrlilarga xushxabar bering».
Janoza namozi bugun peshin namozidan so'ng "Do'stjonboy" masjidida o'qiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston va Iordaniyani boy islomiy ma’naviy meros, ilm-fanga hurmat va madaniy an’analarni asrab-avaylashga intilish bog‘lab turadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi SMTI bosh ilmiy xodimi Sarvar Kamolov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu umumiylik yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikda amaliy ifodasini topmoqda.
"Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Iordaniya Butunjahon islom fanlari va ta’limi universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi," - dedi S.Kamolov.
Uning fikricha, akademik almashinuvlar va qo‘shma tadqiqotlar islom sivilizatsiyasi, tarixi va arabshunosligini o‘rganish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochib, ikki mamlakat olimlarining ilmiy salohiyatini birlashtiradi.
"Bunday format ilg‘or metodikalarni almashish va xalqaro maydonda islomning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishga xizmat qiladi," - deya xulosa qildi u.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati