Ibn Umardan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim o'zini ulug' sanasa yoki kibrlanib yursa, Alloh azza va jallaga uchraganda U Zot undan g'azablangan holda bo'ladi», dedilar.
Sharh: Takabburlik, o'zini yuqori tutish, buni hatto yurishda ham izhor qilish Alloh taoloning g'azabini keltiradigan omillardan hisoblanar ekan.
Bundan har bir banda saqlanishi, bu narsaga mutlaqo yaqinlashmasligi zarur.
Hanafiy mazhabimizga ko‘ra, takbiri tahrima bilan namozga kirishda o‘ng qo‘lni chap qo‘l ustiga qo‘yib, qo‘llarini bog‘laydi va kindik ostiga qo‘yadi. Bu amalni ulamolarimiz sunnat deganlar.
Alqama ibn Voil otalari Voil ibn Hujrdan rivoyat qiladi: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam namozda o‘ng qo‘llarini chap qo‘llari ustiga qo‘yib, kindik ostiga qo‘yganlarini ko‘rdim”.
Abu Juhayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Namozda qo‘lni qo‘lning ustiga qo‘yib, kindik ostiga qo‘yish – sunnatdir” (Imom Abu Dovud rivoyati).
@AhliSunnaValJamoaUz