Saudiya Arabistonida astronavtlarni koinotga uchishga o'rgatish dasturi boshlandi. Bu haqda mamlakat Axborot agentligi Qirollik Koinot boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, birinchi ekipaj 2023 yilda uchishi reja qilinmoqda.
Qayd etilishicha, astronavtlar orasida ayol kishi ham bo'ladi, uning parvozi ushbu arab mamlakati uchun tarixiy sanaladi.
Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, kosmik dasturning maqsadi “qisqa va uzoq muddatli kosmik parvozlar uchun kadrlar tayyorlash, xalqaro ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish va kosmik sektor taqdim etayotgan barcha imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish”dir.
Eslatib o'tamiz, 2030 yilgacha iqtisodiyotni qayta qurish va neftga qaramlikni kamaytirish bo'yicha keng ko'lamli amalga oshirilayotgan strategik ishlar doirasida Saudiya Arabistoni ilm-fan va texnologiyani faol rivojlantirmoqda. Mamlakat valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon tomonidan qo'llab-quvvatlangan reja ayollarni ham ish kuchiga ko'proq jalb etishni talab qiladi. 2018 yilda Saudiya Arabistoni ayollarning avtomobil haydashiga nisbatan uzoq yillar davomida qo'yib kelingan taqiqni bekor qildi.
Shuningdek, kosmosga chiqqan birinchi arab Saudiya Arabistoni shahzodasi Sulton bin Salmon, valiahd shahzodaning ukasi va havo kuchlari uchuvchisi edi. U 1985 yilda NASA Diskoveri ekipajining bir qismi edi. Keyinchalik u 2018 yildan 2021 yilgacha Saudiya Arabistoni kosmik komissiyasi rahbari lavozimida ishlagan.
Halqaro aloqalar bo'limi
Ozarbayjon safari davomida Turkiy davlatlar muftiylari va anjuman ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Ag‘dam, Shusha singari shaharlardagi muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi. Xususan, Boku shahridagi Sayyid Yahyo Bakuviy ziyoratgohi va "Shahidlar xiyoboni"da bo‘ldilar.
Tashkilotchilar iltimosiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ag‘dam shahridagi tarixiy “Juma” masjidida turli davlatlardan kelgan muftiylar, ulamolar va martabali mehmonlarga peshin namozida imomlik qilib berdilar.
Ziyoratlar asnosida ulamolar tomonidan Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, qardosh ellar tinchligi, barqarorligi va birdamligini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati