Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Iyun, 2026   |   14 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:52
Peshin
12:26
Asr
17:33
Shom
19:54
Xufton
21:28
Bismillah
01 Iyun, 2026, 14 Zulhijja, 1447

Sulaymon Boqirg'oniy

28.09.2022   3774   2 min.
Sulaymon Boqirg'oniy

Sulaymon Boqirg'oniy (Horazm viloyati Hazorasp tumani Boqirg'on qishlog'i) tasavvufning yirik namoyandasi, shoir. Ahmad Yassaviy tariqatining davomchisi. Halq orasida “Hakim ota” nomi bilan ham mashhur. Yassaviyga murid (shogird) bo'lgan, o'z iqtidori va she'riy iste'dodi bilan pirining e'tiborini qozongan.

Sulaymon Boqirg'oniy ustozining tariqati qoidalarini yanada chuqurlashtirib keng xalq ommasiga etkazgan. Sodda, ravon uslubda ijod qilgan. O'z asarlarida shariat va tariqat qoidalarini targ'ib qilgan, kishilarni oxiratni o'ylab yashashga, Allohning karamidan bahramand bo'lishga da'vat etgan.

Sulaymon Boqirg'oniy ma'rifatni Allohni tanish, Uning nazariga tushish, deydi. Oliy muhabbatni Allohga bo'lgan muhabbat, deb tushuntiradi. U tariqat yo'lini komil insonni tarbiyalash yo'li, jannatga eltuvchi yo'l, deb biladi. Uning she'rlari “Boqirg'on kitobi” nomi bilan mashhur.

Sulaymon Boqirg'oniy turkiy she'riyatning boshlovchilaridandir. She'rlari tatar, boshqird va boshqa turkiy xalklar orasida keng tarqalgan, “Boqirg'oniy kitobi” 19-20-asr boshlarida Qozonda 3 marta nashr etilgan.

1911 yilda yozilgan Jo'yborzoda qalamiga mansub “Manoqib”da aytilishicha, Hakim ota (Hazrat Sulaymon) Qur'oni karimga o'zgacha hurmat ko'rsatib, darsga borayotib Mushafni boshi uzra ko'tarib olar ekan. Buni ko'rgan Ahmad Yassaviy hazratlari uni shogirdlikka taklif etadi. Hakim ota u zotning qo'lida ta'lim olib, o'n besh yoshida muridlikni qabul qiladi.

“Lamahot min nafahotil quds” tazkirasida Hakim otaning shariatga oid o'ttiz ming, tariqatga oid o'ttiz ming va haqiqat borasida ham o'ttiz ming hikmat aytganlari bayon qilingan.

Ma'rifat daryosinda g'avvos bo'lub,

Muhabbat gavharlarin olg'im kelur.

Tariqat maydoninda parvoz qilib,

Ul tubo daraxtig'a qo'ng'im kelur.

 

O'MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

O‘zbekiston xorijliklar nigohida

31.05.2026   6008   1 min.

Usoma Qosim,
Saudiya Arabistonining "Al-Arabiyya" telekanali jurnalisti

VIDEO