Mino yaqinida ziyoratchilar uchun 12 ta yangi turar-joy binosi quriladi. Bu haqda Haj va Umra milliy qo'mitasi maslahatchisi janob Saad Al Quraysh ma'lum qildi.
Haj butun dunyo musulmonlari uchun muhim ibodatdir. Haj vaqtida ziyoratchilar Minoda bir necha kechani o'tkazadilar.
Saad Al Qurayshning ma'lumotlariga ko'ra, turar-joy binolari 2024 yil Haj ibodatini amalga oshiruvchi ziyoratchilar uchun to'liq qulay sharoitlarda bo'ladi.
Shuningdek, ziyoratchilarga 2024 yil Haj mavsumi uchun darhol ro'yxatdan o'tishni maslahat berdi.
2024 yil Haj ibodatini ado etish uchun ko'plab ziyoratchilar tashrifi kutilmoqda. Avvalroq ziyoratchilar sonini hisobga olgan holda Saudiya hukumati 2024 yilgi Haj ziyoratchilari uchun 166 ta binoga litsenziya bergani haqida xabar berilgan edi.
Har haftaning chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan fuqarolar qabuli bu safar ham aholi vakillarining murojaatlarini o‘rganish, muammolarga yechim topishga qaratildi.
Joriy haftadagi qabulda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov poytaxtimizdan hamda yurtimizning turli shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning shaxsiy va jamoaviy masalalari, taklif va mulohazalarini tingladi.
Qabul yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, fuqarolar murojaatlarini tezkor va adolatli hal etish bo‘yicha choralar belgilandi. Shu bilan birga, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikrlarini eshitish va islohotlarga jamoatchilikni faol jalb etish borasidagi ishlar doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati