“Umra qo'llanmasi”da Umra safari davomida lozim bo'ladigan zarur barcha ma'lumotlar tafsilotlarigacha qisqa, sodda va lo'nda bayon etilgan.
“Umra qo'llanmasi”, “Umra duolari”, “Safarga tayyorgarlik” va “Islom tarixiga oid joylar” nomli bo'limlari mavjud.
Shuningdek, “Umra duolari” bobida muborak safarda muhim bo'lgan duolar ovozli shaklda batafsil bayon etilgan.
“Umra qo'llanmasi” bo'limida Umra ibodatiga oid barcha masalalar keltirilgan: “umra” so'zining ma'nosidan to uning amallari-yu sunnatlarigacha. Shu bilan birga, ziyorat qilish odoblari, muborak shahar va masjidlarning fazilatlari, muborak safar tartib-qoidalari kabi bir qator ruknlarda zarur ma'lumotlar taqdim etilgan.
MOBIL ILOVANI YuKLASh: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.devteam.hajjumrahguide
MOBIL ILOVANI YuKLASh: https://apps.apple.com/uz/app/umra-qollanmasi/id1613020749
@hajumrauz
Insonning fe’li qiziq: biz ko‘pincha o‘zimizda yo‘q narsalar haqida qayg‘urib, qo‘limizdagi bebaho ne’matlarni odatdagi holdek qabul qilamiz. Vaholanki, biz oddiy deb bilgan qulayliklar, sog‘liq va boshqa imkoniyatlar sayyoramizning millionlab aholisi uchun eng katta orzu hisoblanadi.
Jumladan, bugungi tongni dunyo bo‘yicha 174 mingga yaqin inson qarshi ololmadi. Ayni damda 50 milliondan ortiq odam saraton kasalligi bilan kurashmoqda. 300 million inson ranglar jilosini ko‘rish baxtidan mahrum. 400 millionga yaqin kishi esa eshitish moslamalarisiz dunyo tovushlarini eshita olmaydi. 770 milliondan ortiq katta yoshdagi inson hanuzgacha o‘qish va yozishni bilmaydi. 2,5 milliarddan ziyod aholi global axborot va internet imkoniyatlaridan uzilgan holda yashamoqda. 6,5 milliard inson esa samolyotda umuman uchib ko‘rmagan...
Bu raqamlar shunchaki quruq ko‘rsatkichlar emas. Ular ortida millionlab insonlarning ana shunday ayanchli taqdiri yotibdi.
Agar siz hozir ushbu matnni o‘qiy olayotgan, atrofdagi ranglar va tovushlarni his qilayotgan, eng muhimi, yangi kunni sog‘-omon yashayotgan bo‘lsangiz, demak, siz sayyoradagi eng baxtli insonlardan birisiz. Shunday ekan, turmush tashvishlaridan nolishni to‘xtating. Yon-atrofga boqing: siz yashayotgan bugungi kunga kimlardir yetmadi. Demak, har bir xotirjam olingan nafas, har tinch otgan tong uchun Yaratganga hamdlar aytib, shukronalik kayfiyati bilan yashang. Chunki siz eng boy odamsiz!
Akbarshoh RASULOV