10 yil oldin zilzila oqibatida deyarli vayron qilingan yapon shahrida mahalliy baliq ovlash sanoatida ishlaydigan yirik musulmon jamoasi uchun masjid qurildi, deya xabar beradi Asahi nashri.
Miyagi prefekturasidagi Isinomaki shahri 2011 yilda zilzila natijasida deyarli butunlay vayron bo'lgan. Yillar o'tib, hayot asta-sekin o'z holiga qaytmoqda va mintaqada rivojlanayotgan baliq ovlash sanoati Indoneziya va Bangladesh kabi musulmon mamlakatlaridan ishchilarni jalb qilmoqda.
Masjidning qurilishi iyul' oyida yakunlandi va endi yuzlab xorijiy ishchilar juma kunlari Allohning yangi uyida jamoaviy ibodat qilish uchun kelishadi.
Masjid o'z mablag'lari hisobiga qurilish biznesiga ega bo'lgan bangladeshlik tadbirkor tomonidan qurilgan. Tadbirkorga ko'ra, u yaponiyaliklarning musulmonlarga nisbatan noxolis munosabatidan xavotirda bo'lgan, biroq shahar ma'muriyati va aholi bilan muloqot qilgach, loyihani amalga oshira olishiga ishonch hosil qilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bomdod namozi kirgach to quyosh chiqquncha Qur’on tilovati, zikrlar, ilm yoki boshqa xayri ishlar bilan shug‘ullanish o‘rniga dunyoviy gap-so‘zlar bilan vaqt o‘tkazish makruhi tanzihiydir. Chunki bu vaqtda qilingan zikrlar uchun juda katta savoblar va’da qilingan, mo‘min bandaga bunday imkoniyatni boy berish to‘g‘ri kelmaydi.
Ilm bilan shug‘ullanish, solihlarning hikoyasini o‘qish yoki tinglash, mehmon bilan yoki hojati bor odam bilan gaplashish xayrli ish hisoblanadi, shuning uchun bular makruh emas, aksincha mustahab bo‘ladi.
Albatta, hojat yoki zarurat bo‘lgani uchun dunyoviy gaplar so‘zlashning hech qanday ziyoni yo‘q.
Prof. Dr. Saloh Abul Hojning «Til sayqali» kitobidan