Kubaning Saudiya Arabistonidagi elchisi Qirollik mamlakatdagi birinchi masjid qurilishini moliyalashtirish niyatida ekanligini aytdi.
"Saudiya tomonining ushbu xayr-ehsoni tufayli Gavanada ilk masjid barpo etilmoqda. U erda musulmonlar ko'p bo'lmasa-da ular ahil va inoqdirlar. Kubada musulmonlar uchun sharoit yaratishda ishtirok etish men uchun sharafdir", - deya xabar berdi elchi Vladimir Gonsalez.
Qizig'i shundaki, Saudiya Arabistoni 1956 yilda Kuba bilan diplomatik aloqalarni o'rnatgan birinchi arab mamlakatidir.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati