Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2025   |   20 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2025, 20 Zulqa`da, 1446

Andalus

07.09.2022   1929   6 min.
Andalus

Andalus… Bu so'zga ko'zingiz tushishi bilan xayolingizga nima keldi? Ha, albatta, siz “Andalus” supermarketlar tizimi yoki biror-bir oziq-ovqat mahsuloti deb o'ylagandirsiz?! Yo'q, adashasiz…

Andalus – bir paytlar Yevropada Islom dinining yoyilishiga sharoit hozirlagan hamda uning o'chog'iga aylangan zamindir.

Andalus – aslida Ispaniyaning janubiy qismidagi muxtor viloyatdir. Arablar XIII asr avvalida Pireney yarim orolining katta qismini fath etishgach, o'sha joylarni “Andalusiya” deb atadilar.

“Bu jarangdor nom qay tarzda paydo bo'l­gan?” degan savol paydo bo'lishi mumkin. Ay­tishlaricha, musulmonlar fath etgan ushbu mamlakatni Nuh alayhissalomning avlodi Andalus ibn Tubalning nomi bilan ataganlar. Manbalarda keltirilishicha, arablar Mag'ribda ekanida mahalliy barbarlardan dengiz ortida Vandallar mamlakati (arab ti­lida «Biladul Van­dalus») borligini eshit­ganlar. Chunki van­dallar Gibraltar bo'­g'ozi orqali Mag'ribga o'tib jang qilishgan.

Andalusdan butun dunyoga dong'i ketgan olimlaru mutafakkirlar etishib chiqdi. Ispaniyaning fath etilishi to'g'risida taniqli farang faylasufi, sayohatchi, ar­xeolog, tabib va psixologiya asoschisi Gyus­tav Lebon “Arablar madaniyati” nomli ki­tobida quyidagi fikrni bildiradi: “Is­paniyani zabt etganidan so'ng Muso To­riq Shomga Gol va Olmoniya orqali qayt­moqchi bo'ldi. Ortga qaytish yo'lida esa, Qunstantiniyani ham fath etib, butun Yev­­ropani Qur'onga bo'ysundirmoqchi edi. Ushbu tadbirni amalga oshirishida unga Damashqqa qay­tishni buyurgan xalifa xa­lal berdi. Barchasi boshqacha bo'lishi mumkin edi. Butun Yevropa Muhammad sol­lallohu alayhi va sallamning diniga kirar va barcha ma­daniyatli xalqlarning diniy birligi tarkib topar edi. Bu esa, ehtimol, butun Yevropaga, arablar tufayli noma'lum bo'lgan o'rta asrlar davrini chetlab o'tish imkonini berardi”.

Lebonning ushbu kitobidagi asosiy fikrlaridan biri quyidagicha: “Aynan musulmonlar Yevropa fani, falsafasi va butun madaniy sohasining ustozlari bo'lishdi. Bu jarayonda musulmonlarning madaniyati yordamida yarim yovvoyi o'rta asrlar Yevropasi Uyg'onish davrining madaniy asrlariga chiqib oldi”.

Musulmonlar ٧١١ yilda ilk bora kel­ganlaridan to ٧٥٦ yilga qadar Andalus Damashq xalifalari imperiyasining bir qismi sifatida amirlar tomonidan boshqarib kelindi. ٧٥٦ yilda esa abbo­siylar xalifaligidan ajralib chiqdi va mustaqil davlat tashkil qildi. U o'z poy­taxti nomi bilan Qurtuba xalifaligi deb atay boshladi. Andalusiyaning birinchi amiri umaviylar sulolasidan Abdurahmon ibn Muoviya ibn Hishom ibn Abdumalik edi. Andalus mamlakati nafaqat Ispaniya, balki Portugaliya hududini ham egalladi. IX asrgacha poytaxti Qurtuba bo'lib, keyin­roq birinchi o'ringa Sevilya va Granada chiqdi.

Andalus madaniyatini shon-shuhratga to'ldirgan ajoyib va yorqin madaniyat, til va din yagonaligi, iqtisodiy va insoniy aloqalar yordamida yaqindan bog'langan arab va ispan madaniyatining bir qismi sifatida shakllandi.

Andalusiya nomi bilan tarixga kirgan musulmonlar qo'l ostidagi Ispaniya rav­naq topdi. Andalusiyadan etishib chiqqan buyuk olim, faylasuf, yozuvchi, me'mor, ras­som va amaliy san'at ustalarining ism­lari­ning o'zigina bir necha jild kitob bo'ladi...

«Allohning nuri Yevropani yoritur» kitobining 393-betida bunday ma'lumot keltiriladi: “IX, X, XI, XII asrlarda G'arb­ning 95 foiz aholisi o'qish va yozishni bilmasdi. Yevropaning podshoh va amirla­ri ham o'qish-yozishni bilishmasdi. Mash­hur podshoh Buyuk Sharl qarigan chog'ida o'qish va yozishni biroz o'rgangani hamma­ga ma'lum”. Shunday bir sharoitda mu­sulmonlar Andalusiyada ilm chirog'ini yoqishdi. Musulmonlarning turli o'quv yurtlarida boshqa dinlarga mansub kishilar ham bemalol ta'lim olishdi, ilmiy tajribalarda ishtirok etishdi.

Andalus musulmonlari nabotot ilmi ri­vojiga ham katta hissa qo'shishdi. Ho­zirgi kunda Ispaniya, Frantsiya, Portu­galiya, Ita­liya, Yunoniston kabi Janubiy Yevropa dav­latlarida o'sayotgan xurmo, zaytun va boshqa o'simliklar Yevropaga uning janubida hukm surgan Andalus islom dav­lati­dagi musulmonlar haraka­ti ila VIII asrda kirib kel­di. Janubiy Frantsiyaning hozirgi kunda­gi eng mu­him mahsulotlaridan qora bug'doy ham musulmonlarning ularga hadyasidir.

950 yilga kelib, Andalusda qog'oz ishlab chiqaradigan korxona ochildi. Yevropada birinchi paydo bo'lgan qog'oz “charta damaskayena” – “Damashq varag'i” deb ataldi. Ilk qirol bog'lari ham IX asrda aynan musulmonlar Ispaniyasi – Andalusda paydo bo'lgan.

IX asrning ikkinchi yarmida Qurtubada billur ishlab chiqarishning sirlari kashf etildi. X asrga kelib esa Qurtuba oltin va kumushga ishlov berish bo'yicha Vizantiya bilan raqobatlasha boshladi.

Qurtuba shahrida jahondagi yirik kutubxonalar bo'lib, u erda ٨٠٠٠٠ dan ortiq kitoblar saqlangan. Fizika va kimyo bo'yicha etuk olima va shu ikki fandan Nobel' mu­kofoti sovrindori Mariya Kyurining turmush o'rtog'i mashhur olim P'er Kyuri bunday degan: “Andalusda musulmonlardan ٢٠ ga yaqin kitob qoldi. Biz ularni o'qib, atomni parchalashni o'rgandik. Agar barcha kitoblar saqlanib qolganida sayyoralararo uchib yurgan bo'lardik…”

Andalus qulaganidan so'ng masjidlar cherkovlarga aylantirildi. Qurtuba jome­si­da azon aytish va namoz o'qish man etildi. Andalus madaniyati Islomning porloq madaniyatidir. Hatto insofli ispan ta­rixchilari Andalus fathini ilmiy inqi­lob hamda jaholat qorong'iligida yotgan Yev­­ropaning uyg'onishi deya e'tirof etishadi.

Bugungi kunda musulmonlar qurgan bir­gina “Hamro” qasri har yili Ispaniyaga 500 million dollar daromad keltirar ekan.

Andalusiya Kolumb Amerikani ochishi bilan deyarli bir vaqtda yo'q bo'ldi. Tarix­dan ma'lumki, 1492 yilda ispaniyalik­lar Granadani ishg'ol qildilar. Bu bir paytlar ulug'vor bo'lgan Andalusning so'nggi amirligi edi. Ispan tilida arab tilidan o'zlashtirilgan 4000 dan ortiq so'z bor. Shuning o'ziyoq o'zlashtirmalar doirasi qanchalik keng bo'lganini hamda Ispaniya va Portugaliya madaniyati Anda­lus madaniyatidan qay darajada qarzdor ekanini ko'rsatadi.

Manbalar asosida

Toshkent davlat sharqshunoslik

universiteti Sharq filologiyasi va

tarjimashunoslik fakul'teti talabasi

Dilfuza MIRSAIDOVA

tayyorladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Kuchli shamol bo‘lganda o‘qiladigan duo

17.05.2025   6629   1 min.
Kuchli shamol bo‘lganda o‘qiladigan duo

Oisha onamiz roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Agar qattiq shamol bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

اللهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ خَيْرَهَا وَخَيْرَ مَا فِيهَا وَخَيْرَ مَا أرْسِلَتْ بِهِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهَا وَشَرِّ مَا فِيهَا وَشَرِّ مَا أرْسِلَتْ بِهِ

"Allohumma inniy asaluka xoyroha va xoyro ma fiyha va xoyro ma ursilat bihi va a’uzu bika min sharriha va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi", deb aytar edilar".

Robbim, Sendan uning yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan narsaning yaxshisini so‘rayman. Robbim, Sendan uning yomonidan, undagi yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan panoh so‘rayman.