frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Hato e'tiqoddagi odam....

30.08.2022   2328   1 min.
Hato e'tiqoddagi odam....

Hato e'tiqoddagi odamni belgilangan vaqtda portlaydigan bombaga o'xshatish mumkin. Chunki uning fe'l-atvorini tushunib bo'lmaydi, oldindan aytib bo'lmaydi, o'zini qachon portlatishini bilib bo'lmaydi. Uning fikrlash tizimida xatolik bor, shuning uchun o'zidan boshqacha fikrlaydigan har qanday odamning fikri unga g'alati tuyulaveradi, u insoniy fikrlash tabiatidan chiqib ketgan. Bir qarasangiz, hech kim eshitmagan gaplarni aytadi, g'alati fatvolar beradi, xalq orasida g'ayrioddiy ishlar qiladi.

INFOGRAFIKA
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Guruhbozlik qilmang!”

26.06.2025   4468   1 min.
“Guruhbozlik qilmang!”

Sabrsizlik musulmonlar orasida turli ixtiloflar, urush-janjallar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Alloh Taolo sabr qiluvchilar bilan bo‘ladi. Ularni turli yomonliklardan asraydi. Sabr qilmay, chidamsiz bo‘lganlar esa, ixtilof girdobiga duchor bo‘ladilar.

Oyati karimaning oxirida Alloh taolo: “Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilandir”, deb marhamat qilgan.

Shuningdek, Alloh taolo “Rum” surasi 31-32 oyatlarda mo‘min-musulmonlarga quyidagi xitobni qiladi: “...Va mushriklardan bo‘lmang. Dinlarida tafriqaga tushgan, guruh-guruh bo‘lib olib, har bir jamoa o‘z oldidagi narsadan shod bo‘lganlardan bo‘lmang”.

Demak, dinda tafriqaga tushish mushriklarning ishi bo‘lib tanilgan ekan. Guruh-guruh bo‘lib olib, ixtilof chiqarish, talashib-tortishish ham mushriklarning ishi ekan. Har bir jamoa o‘z oldidagi narsadan shod bo‘lib, boshqalarni past sanashi ham mushriklarning ishi ekan.

Alloh taolo “An’om” surasi 109-oyatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib: “Dinlarini tafriqa qilib, o‘zlari guruhbozlik qilganlar bilan hech bir aloqang yo‘q. Albatta, ularning ishi Allohning O‘ziga havola. So‘ngra qilgan ishlarining xabarini berur”, degan.

Ushbu oyati karimada Alloh taolo tafriqa va guruhbozlikka olib boradigan nizo hamda ixtiloflarni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yo‘llaridan boshqa, ul hidoyat yo‘liga teskari yo‘l hisoblamoqda. Alloh taolo bu oyatda tafriqa va guruhbozlik Payg‘ambarimizning ummatlariga munosib emasligini qattiq ta’kidlamoqda.

Alloh taolo “Oli Imron” surasida siz bilan biz musulmonlarga xitob qilib: “O‘zlariga ochiq bayonotlar kelganidan keyin bo‘linib, tafriqaga tushganlarga o‘xshash bo‘lmanglar! Ana o‘shalarga ulug‘ azob bordir”, degan.

Tafriqaga tushib bir-birimiz ila tortishish nizolar urchib, fayzu baraka ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

Yangiqo‘rg‘on tumani "Sayid bobo Termiziy" jome masjidi

imom-xatibi Abduvali Mahmudxonov

@SOFTALIMOTLAR

MAQOLA