Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Iyun, 2025   |   15 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:38
Shom
19:59
Xufton
21:37
Bismillah
11 Iyun, 2025, 15 Zulhijja, 1446

Shom vaqti

15.08.2022   1879   3 min.
Shom vaqti

Shom vaqti. Derazadan tashqariga nazar solar ekanman, ko'chada yosh bolalarini olib, sayrga chiqqan kelinlarga ko'zim tushadi. Shom bo'lgani bois ko'chada chopayotgan bolalarning bir-biri bilan urushishi, yiqilib lat egani bois yig'i ovozlari eshitilib turadi.

Bolalik chog'larimizda buvim rahmatlikning bot-bot qaytaradigan gaplari bo'lardi. “Shomda ko'chaga chiqmanglar, jinlar ko'payadigan vaqt”. Shu gaplari ta'sir qilganidan bo'lsa kerak, sal qorong'u tushishi bilan uylarimizga chopar edik.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Idishlaringiz ustini yopinglar, qopning og'zini bog'langlar, eshiklarni qulflang, kech kirganida bolalaringizni qaytaring. Sababi, (bu paytda) jinlarning tarqalishi va tez harakatlanishi bor. Yotishdan oldin chiroqlarni o'chiring. Sababi sichqon pilikni olib, xonadon sohiblarini yoqib yuborishi mumkin” (Buxoriy, Abu Dovud va Ahmad rivoyati).

Bu rivoyatda bir qancha foydali maslahatlar berilmoqda. Jumladan, idishlar ustini ochiq qoldirmaslik, qopning og'zini bog'lash va kech kirganda bolalarni ko'chaga chiqarmaslik va shomdan keyin tashqari eshikni qulflash, yotishdan oldin shamni o'chirish ta'kidlanmoqda.
“Shomdan keyin ko'chaga chiqib bo'lmaydi”, degan gap mana shu hadisga asoslanib aytilgan bo'lsa, ajab emas. Bu gaplarning asosi bor. Sababi shom paytida jinlar er yuzi bo'ylab tarqaladi. Bu paytda jinlar ko'chada yurgan bolalarga ziyon etkazib qo'yishi mumkin.

Hozirgi vaqtda xastaliklarning turi ko'payib ketgan. Ammo har doim ham  kasallikning kelib chiqishiga asosiy omil qilib ekologiyani ro'kach qilishimiz noo'rin.

Mahalla kelinlaridan eshitib qolaman: “Bolam kechasi shaytonlab chiqyapti, tez-tez kasal bo'ladi”.  Endi mulohaza qilib ko'raylik, hamma  xastalik  ham dori-darmon bilan tuzalavermagach, bolalarning  sog'ligini tiklash uchun, ularning ruhiyati bilan ham hisoblashishimiz zarur.

Shifokorlar har qanday  kasallikda gigiyenaga  jiddiy e'tibor berishni ta'kidlashadi. Islom dinida Qur'oni karim, Nabaviy ta'limotlarida poklikka targ'ib qilinadi.  Shuning uchun ham  emizikli bolasi bor bo'lgan ayollarga doimo tahorat bilan bolani emizish, emizish vaqtida Qur'on oyatlarini o'qish, salovatlar, tasbehlar aytish tavsiya etiladi. Bunday amalning fazilatini kengroq tushuntiradigan bo'lsak, tahorat bilan farzandini qo'lga olgan ayol pokiza ruh bilan bolasini emizishni boshlaydi. Qur'on tilovati esa  go'dakdan shayton va jinlarning ta'sirini ketkazadi. Bunday bolalarning uyqusi sokin, tanasi sog'lom,  ruhi tetik bo'ladi. Shunday ekan hayotimizni Qur'oni karim oyatlari va Sunnati Nabaviy bilan  nurlantirishimiz lozim. Toki farzandlarimizning imoni mustahkam, o'zi salomat, e'tiqodi yuksak darajada bo'lsin.

 

Munira ABUBAKIROVA

O'zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi

 

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

06.06.2025   24676   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Kotibiyat mas’ul xodimi Muhammadamin qori Xoliqovning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Muhammadamin qori Xoliqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
 

Yangiliklar