Dubay yo'llar va transport boshqarmasi halolligi va axloqiy xulq-atvori uchun uch nafar xodim – ikki taksi haydovchisi va inspektorni mukofotladi.
Avtoturargoh inspektori Obid Miftah Abdulloh fidoyilik va o'z vazifalarini vijdonan bajargani uchun taqdirlandi. Dubay taksi korporatsiyasi xodimi Nensi Orgo yo'lovchi qoldirgan 1 million dirhami bor hamyonni qaytarib berdi, deb xabar bermoqda islam.ru.
Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari yo'qolgan pul yoki qimmatbaho narsalarni topshirgan halol fuqarolarni muntazam ravishda rag'batlantiradilar. Bunday holatlar o'nlab uchrab turadi, deb xabar beradi Khaleej Times.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, Zulhijjaning 8-kuni mehmonxonadan tashkiliy guruh boshchiligida avtobuslarda talbiya aytib, Minoga yetib kelgan bo‘lg‘usi hojilarimiz: "Allohim bu Minodir. Sen do‘stlaringga ato etgan ehsonlaringdan menga ham in’om et!”, deb duolar qilishdi.
Mino maydonida O‘zbekiston hojilari uchun alohida joy ajratilgan. Bu yerda hojilarimiz bemolol ibodat qilishlari uchun sharoit hozirlangan. Shuningdek, tamaddi qilishlari uchun turli xil taomlar, choy, suv kabi ichimliklar chodirlarga olib kelib ulashilmoqda.
Nabiy alayhissalom sunnatlariga muvofiq, bugun Minoda tarviya kuni peshin, asr, shom, xufton namozlari o‘qiladi. Ayni paytda o‘zbekistonlik ziyoratchilar Mino vodiysida erta tongdan to kun botgunga qadar ulamolarning suhbatlaridan bahramand bo‘lib, toatu ibodat va duoyu iltijolar bilan o‘tkazishmoqda.
Alloh taolo barcha hojilar qatorida, yurtimiz hojilarining ham duo va ibodatlarini qabul aylasin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati