Turkiyaning Hallachli qishlog'ida yashovchi 90 yoshli Usmon Erol qishlog'ini obodonlashtirishga uchun minglab ko'chatlar ekdi. U bu ishni 35 yildan buyon davom ettirib kelmoqda. U qishloq eridagi mos keladigan joylarga bodom, olxo'ri va nok kabi mevali ko'chatlar hamda qarag'ay va terak kabi daraxt turlarini ekdi. Bugungi kunga kelib daraxtlar soni 40 mingtadan oshdi.
Islam.ru xabariga ko'ra, yoshi ulg'ayganiga qaramay, Erol ko'chatlar va daraxtlarni parvarish qilishda bir dam to'xtagani yo'q.
"Men olxo'ri va nok ekdim. Qishloqdagilar men ekkan daraxtlarning mevalarini eyishyapti. Qishloqda mening daraxtim bo'lmagan joy yo'q. Terak, tol, bodom, nimani istasangiz hammasidan bor” deydi u.
"Men hokimga o'lgunimcha daraxt ekishda davom etishimni va'da qildim. Men o'lsam, odamlar meva eb, mening haqqimga duo qiladilar", - deydi Usmon Erol.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati