2022-2023 o'quv yili kunduzgi ta'lim yo'nalishi bo'yicha Toshkent islom institutiga hujjat topshirgan abituriyentlarga "Imtihonga kirish ruxsatnomasi" 2022 yil 28 iyuldan 6 avgustga qadar institut qabul hay'ati tomonidan tarqatilmoqda. Bu haqda oliymahad.uz xabar bermoqda.
Abituriyentlar "Imtihonga kirish ruxsatnomasi"ni olish uchun Toshkent islom institutiga kelib, qabul hay'ati tomonidan berilgan tilxat va pasport (ID karta) aslini ko'rsatgan holda olishlari mumkin.
Abituriyentlar pasport (ID karta) asli va "Imtihonga kirish ruxsatnomasi" bilan imtihonlarga kiritiladi.
"Imtihonga kirish ruxsatnomasi"ni berish vaqti:
Soat: 9:00 - 17:00;
Tushlik: 12:30 - 14:00.
"Imtihonga kirish ruxsatnomasi"ni berish 2022 yil 6 avgust soat 12:30da to'xtatiladi.
Murojaat uchun telefon:
(71) 240-03-58, (99) 004-55-51
Toshkent islom instituti manzili: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko'cha, 47-uy.
https://goo.gl/maps/Ng8xP1yVfJwJvB3e7
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).