Makkadagi Al-Harom masjidiga tashrif buyurgan har bir kishi harorat 50 daraja issiq bo'lishiga qaramasdan, masjid poli doim sovuq turishidan hayratga tushadi. Buning siri nimada?
Saudiya ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko'ra, Saudiya Arabistoni Qirolligi nur va issiqlikni qaytarish uchun Makkadagi Al-Harom masjidi uchun maxsus ishlatiladigan mashhur yunon "Tassos" marmarini o'n yillar davomida import qilib keladi.
Tasos marmarlari kamdan-kam uchraydi va u Gretsiya tog'laridan biridan keltiriladi, bu esa Baytulloh marmarini garchi yozda harorat Tsel'siy bo'yicha 50 darajaga etsa-da sovuq holda saqlab turadi.
Marmar Gretsiyaning shimolida joylashgan Tassos orolida qazib olinadi va uning maydoni 380 kvadrat metrdan oshmaydi.
Marmarning qalinligi 5 santimetrga etadi; u o'zining billurdek oq rangi bilan ajralib turadi, u eng toza va qattiq tabiiy toshlardan biridir, shuningdek, tunda u eng kichik teshiklar orqali havodan namlikni yutadi, kunduz kuni davomida esa uni chiqaradi.
Islam.ru xabariga ko'ra, Qirollik marmarni ulkan toshlar shaklida import qiladi va u malakali mutaxassislar nazorati ostida xususiy saudiya fabrikalarida qayta ishlanadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati